O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/69
tarix09.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#127302
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Muxokama uchun savollar:
1. Viruslardan sogʻlomlashtirilgan dastlabki material yaratishni qanday 
usullarni bilasiz?.
2. Elita yetishtirish usullari qanday usullarini bilasiz? 
3. Kartoshkaning virussiz birlamchi urugʻchiligi deganda nimani 
tushinasiz?


62 
DAVLAT REESTRIGA KIRITILAGAN KARTOSHKA 
NAVLARNI TAVSIFI 
 
Darsning maqsadi: TalabalarniDavlat reestriga kiritilgan kartoshka 
navlarni tavsifi bilan tanishtirish. 
Topshiriq: 
1. Respublikamizda yaratilib Davlat reestriga kiritilgan va ekish uchun 
tavsiya etilgan kartoshka navlarini oʻrganish.
2. Xorijdan introduktsiya qilingan va Respublikamizda ekish uchun tavsiya 
etilgan kartoshka navlari bilan tanishish. 
Kartoshka ekini seleksiyasi koʻp mamlakatlarda oʻtkazilib, ayniqsa 
hamdoʻstlik mamlakatlarida – Rossiya, Belorussiya, Ukraina mamlakatlari, Baltik 
boʻyi mamlakatlari, Estoniya, Litva, Latviya hamda Germaniya, Polsha, Angliya, 
AQSh, Kanada, Gollandiya mamlakatlarida koʻp miqdorda qimmatli, yuqori 
hosilli, yaxshi sifatli navlar yaratilgan. Hamdoʻstlik mamlakatlarida ekiladigan 
navlarning 90% dan koʻprogʻi shu yerda yaratilgan navlar boʻlib, ularning 80% 
dan koʻpi kasalliklarga (rak, nematoda va boshqa) chidamli. Bular jumlasida Lorx 
(Kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida), Priyekulskiy ranniy (Priyekul – tajriba 
stansiyasi) navlaridir. Moskva yaqinida joylashgan kartoshkachilik ilmiy tadqiqot 
institutida Domodedovskiy, Ramenskiy va boshqa istiqbolli navlar yaratilgan. 
Sankt Peterburgdagi VIR (Butunrossiya oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot 
instituti)da akademik S.M.Bukasov rahbarligida kartoshkaning uzoq shakllarni 
duragaylash natijasida rak, fitoftora, virus kasalliklariga, nematoda, kalorado 
qoʻngʻiziga chidamli, yuqori hosilli, tarkibida koʻp oqsil, kraxmal saqlaydigan, bir 
yilda ikki hosil beradigan koʻplab navlar yaratilgan. Bulardan Kameraz 2, 
Detskoselskiy, Volxovskiy, Krasnoselskiy, Murmanskiy, bir yilda ikki hosil 
beradigan Xibini 3, Xibinskiy dvuurojayniy va koʻp miqdordagi boshqa navlarni 
yaratilganligini alohida koʻrsatish mumkin. Belorus kartoshkachilik va meva 
sabzavotchilik ilmiy tadqiqot institutida kartoshkaning yuqori hosilli, koʻp 
kraxmalli, rak kasaliga chidamli Temp, Ogonek, Belorusskiy ranniy va boshqa 


63 
navlari, hamda nematodaga chidamli Prigojiy 2, Naroch navlari yaratilgan. Bu 
yerda yaratilgan kartoshkaning Temp, Ogonek, Belorusskiy ranniy navlari 
O‘zbekiston xoʻjaliklarida koʻp yillar davomida katta maydonlarda ekilib yaxshi 
natijalar koʻrsatgan.
Shimoliy – gʻarbiy qishloq xoʻjalik ilmiy – tadqiqot institutida (Sankt 
Peterburg) yuqori hosilli, rak kasalligiga chidamli – Gatchinskiy, Nevskiy navlari 
yaratilgan . Nevskiy navi O‘zbekistonda koʻp yillar yuqori hosilli erta pishar 
navlar qatorida ekilib kelingan. Ukraina kartoshkachilik ilmiy – tadqiqot instituti
Lvov Qishloq xoʻjalik instituti, Primorsk qishloq xoʻjalik ilmiy tadqiqot instituti va 
boshqa seleksion muassalarda qimmatli kartoshka navlari yaratilgan. Germaniyada 
(GDR) da yuqori hosilli, ertapishar, koʻp kasalliklarga chidamli yaxshi sifatli 
navlar, (FRG) da nematodaga chidamli, koʻp kraxmalli, yuqori hosilli, 
Chexoslovakiyada erta pishar navlarning soni oshib bormoqda. Bu yerda 
seleksiyaning asosiy yoʻnalishi – yuqori hosilli va kasalliklarga majmuiy chidamli 
navlar yaratishdir. Angliyada yuqori hosilli, ekologik moslanadigan, kasalliklarga 
majmuiy chidamli, yaxshi ta‘mli, Gollandiyada – yuqori hosilli, ekologik 
moslanuvchan (plastik) va kasalliklarga (nematodaga) chidamli navlar 
yaratilmoqda. Ekologik plastik navlar boʻlganligi uchun Gollandiya firmalari 
jahonning 80 mamlakatlariga uz kartoshka navlari urugʻlarini sotmoqda. Jumladan 
bir necha yillardan beri O‘zbekistonda kartoshkaning Gollandiya navlari koʻp 
miqdorda keltirilib, rayonlashtirilgan va katta maydonlarda ekilmoqda. (Sante, 
Agria, Kardinal, Ayaks, Kondor, Diamant, Ramona, Pikasso va boshqalar). Sante 
navi Gollandiyada duragaylash va yakka tanlash orqali I. Vektor tomonidan 
yaratilgan. AQShda yaratilgan kartoshka navlari koʻp kasalliklarga chidamli, 
yuqori hosilli navlardir. O‘zbekistonda kartoshka ekinining seleksiyasi bilan 
shugʻullanish natijasida Sabzavot poliz, ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot 
institutida Aqrab va Toʻyimli, Umid navlari, Samarqand qishloq xoʻjalik institutida 
1985 yilda Davlat reestriga kiritilgan Zarafshon navi yaratilgan. Koʻp yillar 
davomida O‘zbekistonda va umuman O‘rta Osiyoda havoning issiq va quruq 
sharoitida kartoshka ekini seleksiyasini oʻtkazish mumkin emas deb hisoblar 


64 
edilar. Bu fikrning notoʻgʻri ekanligi Samarqand qishloq xoʻjalik institutida 
isbotlab berildi. Koʻp yillar VIR ning jahon kolleksiyasidagi kartoshkaning yuzlab 
namunalari oʻrganilib chatishtirish uchun juft tanlab ikkita K – 5175 bilan K – 
6234 namunalarini chatishtirilib yakka tanlash asosida Zarafshon navi yaratildi. Bu 
nav 1985 yilda Qorakalpogʻiston respublikasi va O‘zbekistonning barcha 
viloyatlariga ekish uchun rayonlashtirilib Davlat reestriga kiritilgan. Bu nav 
ertapishar (60 – 65 kun), yaxshi ta‘mli (4–5 ball), yuqori hosilli 240 – 260 % s/ga, 
tovarliligi 95 – 98%. Tuganaklari yaxshi saqlanuvchan, yuqori haroratga va virus 
kasalliklariga chidamli. Tuganaklar tarkibida 13,6 – 15,8 % kraxmal toʻplaydi. 
Tuganaklarda koʻzchalar yuzaki joylashgan. Oziq – ovqat, kulinar sifatlari yuqori. 
Mexanizasiyaga mos nav, intensiv tipdagi navlar qatoriga kiradi. Bir yilda ikki 
hosil berishga mos Samarqand qishloq xoʻjalik instituti seleksioner – olimlari 
tomonidan kartoshka ekini seleksiyasi sohasida ishlar davom ettirilmoqda va 
hozirgi vaqtda kartoshkaning bir necha istiqbolli navlari konkurs va Davlat nav 
sinashlarda sinalib oʻrganilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq 
xoʻjalik ekinlari Davlat reestriga (2018 yil) kartoshkaning turli ilmiy tadqiqot 
seleksion muassasalarining 116 navi kiritilgan. Bu navlardan 8 tasi O‘zbekistonda 
yaratilgan. Zarafshon, Akrab, Toʻyimli, Umid, Quvonch 1656, Bahro – 30, 
Hamkor 1150 va Bardoshli 3.
Gollandiyada (Niderland) – 21 ta nav – Arinda, Arnova, Agave, Bimonda, 
Viktoriya, Draga, Diamant, Kondor, Kardinval, Kurota, Latona, Marfona, Obeliks, 
Mondial, Pikassa, Romano, Red Skarlet, Rel Star,Sante, Simfoniya, Faboʻla, 
Fresko.
Germaniyada – 13 ta nav – Alvara, Agave, Beluga, Bolero, Vinetta, Granola, 
Karlena, Korletta, Likariya, Rosara, Fazan, Esprit, Palama. 
O‘zbekiston Respublikasi oʻzida yaratilgan, mahalliy sharoitlarga mos, yuqori 
hosilli, yaxshi sifatli navlarga ega boʻlishi kerak. Bu yerda seleksiya ishlari bilan 
shugʻullanish va yangi navlarni yaratish mumkinligi isbotlab berilgan. Seleksiyada 
mavjud usullar (duragaylash, poliploidiya, mutagenez, gaploidiya, geterozis, gen 


65 
injeneriyasi) koʻplab yangi navlar yaratish imkoniyati va yuqori malakali 
seleksioner mutaxassislari mavjud. O‘zbekistonda kartoshka seleksiyasida 
navlarga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilar.
1. Hosildorligi 25 – 30 s (erta pishar navlar) 30–40 s (oʻrta pishar navlar), 
tuganaklar tovarligi 90 % dan kam boʻlmaslik.
2. O‘suv davri 65 – 70 kun (erta pishar) va 80 – 90 kun (oʻrtapishar). 
3. 
Virus kasalliklariga chidamliligi rayonlashtirilgan navlarga nisbatan 20–
25 % yuqori.
4. 
Issiqqa bardoshligi mavjud navlarga nisbatan 8 – 10 % yuqori.
5. 
Yozda yangi kovlangan tuganaklari qayta ekilganidan 30 kungacha, dala 
unuvchanligi 70 %dan kam boʻlmaslik. 
6. 
Vegetativ va generativ koʻpayishga moslangan boʻlishi. 
7. 
Hosilining texnologik va biokimyoviy sifat koʻrsatkichlari yuqori 
boʻlishi.
8. 
Tuganaklarning uzoq muddatli saqlanuvchan boʻlishi. 
9. 
Urugʻlik tuganaklari kesib ekishga ijobiy boʻlishi lozim.
Samarqand qishloq xoʻjalik instituti olimlari kartoshka ekini seleksiyasi 
jarayonini bir yilda ikki hosil olib jadallashtirish usulini ishlab chiqib tavsiya 
qilgan. Bu jarayon tasdiqlanib seleksiya ishida qabul qilingan.(jarayon tartibi 12–
jadvalda keltirilgan).
Shu usulga oʻxshash kartoshka navlari urugʻchiligida ham elita urugʻini 
yetishtirishning jadallashgan tartibi ishlab chiqilib odatdagi elita yetishtirish uchun 
olti yil talab qilinsa, taklif etilgan usulni qoʻllab 3 yilda elita yetishtirish mumkin.
O‘zbekistonda havoning issiq va quruq boʻlishi, sugʻorib kartoshkani 
yetishtirish sharoitida qancha qisqa muddatda nav yaratilsa, shuncha uning 
qimmatli belgi va xususiyatlarini saqlash imkoniyati tugʻiladi.
O‘zbekistonda 1991 yilda kartoshka 40,03 ming gektar yerga ekilgan boʻlib, 
oʻrtacha hosildorlik 8,8 tonna, yalpi hosil 351,2 ming tonnani tashkil qilgan. 1995 
yil ekin maydoni 45,86 ming ga, oʻrtacha hosil 9,6 tonna va yalpi hosil 439,9 ming 


66 
tonnaga yetdi. 1997 yilda yalpi hosil 691 ming tonnani tashkil etib, hosildorligi 
12,2 tonna boʻldi va chetdan iste‘molbop kartoshka keltirishga chek qoʻyildi. 
Kartoshka hosilining 90 % i dehqon xoʻjaliklarida, kolgan qismi fermer 
xoʻjaliklarida hamda aholining tomarka uchastkalarida keng mikyosda yetishtirila 
boshlandi. 2005 yilda respublikada ekiladigan maydonlar 49,8 ming ga ni, oʻrtacha 
hosildorlik gektaridan 18,6 tonnani va yalpi hosil 924,2 ming tonnani tashkil qildi. 
2006 yilda kartoshka 52,6 ming gektar yerga ekilib, oʻrtacha hosildorligi 
gektaridan 19,4 tonnnani, yalpi hosili esa 1 mln. tonnadan oshib, 1018 ming 
tonnani tashkil qilgan 
O‘zbekistonda kartoshkachilikni rivojlantirish dasturiga binoan 2010 yilda 1,5 
mln. tonna kartoshka yetishtirish rejalashtirilgan. Ushbu masalani hal etishda 
kartoshka yetishtiriladigan maydonlarni gʻalladan bushagan yerlarga takroriy ekin 
sifatida ekib kengaytirish, xoʻjalik yuritishni yangi shakllarini tadbik qilish, 
serhosil navlardan va yuqori sifatli urugʻliklardan foydalanish zarur. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin