132
V BOB. PLANAR XROMATOGRAFIYA
Planar xromatografiyaning nazariy asoslari
Planar, yoki yuza xromatografiyasi
suyuqlik xromatografiyasiga
mansub bo„lib, harakatli faza sifatida suyuqlik ishlatiladi.Ajratish
jarayoni yupqa yuza sirtida sodir bo„ladi. Planar xromatografiyaning
quyidagi asosiy turlari mavjud:
-yupqa
qavat xromatografiyasi;;
-qog„oz xromatografiyasi;
-elektroxromatografiya.
Qog„oz va yupqa qavat xromatografiyasi
qimmat baho asbob-
uskuna talab etmaydigan sodda texnikaga ega bo„lgan usullardan
hisoblanadi. Ishlatiladigan reaktiv va uskunlarning
oson topilishi va
usulning yuqori sezuvchanligi planar xromatografiyaning keng sohada
ishlatilishiga sabab bo„lmoqda.
Yupqa qavat xromatografiyasida
aralashma komponentlarining
ajralishi taqsimlanish koeffitsiyenti qiymatiga asosan yupqa qavat
bo„ylab harakatsiz fazaga o„tishiga asoslangan. Usul ikki xil kuch, ya‟ni
kapillyar kuchlar va majburiy tashqi kuchlar ta‟siriga
asoslanib ikki
turga bo„linadi (20- rasm).
20-rasm.Planar xromatografiyaning klassifikatsiyasi
Yupqa qavat (YuQX), qog„oz va yuqori samarali yupqa qavat
xromatografiyasi (YuSYuQX) – harakatli
fazaning harakati kapillyar
133
kuchlar ta‟sirida bo„ladigan turiga mansub. Bosim ostidagi YuQX,
yuqori bosimli YuQX va rotatsion YuQX variantalida
harakatli suyuq
fazaning harakati majburiy tashqi kuchlar ta‟sirida amalga oshadi.
Hozirgi vaqtda planar xromatografiya usullaridan asosan YuQX va
YuSYuQX usullari ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: