6
I BOB. XROMATOGRAFIK ANALIZ USULLARI
Xromatografik analiz usullarining nazariy asoslari
Xromatografik usullar tasnifiga doir
turli yondoshuvlar mavjud
bo„lib, ularning eng muhimlarini ko„rib chiqamiz.
Moddalarning ajralish mexanizmi bo‘yicha tasnifi
a) Adsorbsion xromatografiya –ajratiluvchi moddalarning
adsorbent – TF (turg„un faza) sirti bilan adsorbsiya hisobiga o„ziga xos
ta‟sirlashuvlari farqiga asoslangan.
b) Taqsimlanish xromatografiyasi – ajratiluvchi moddalarni suyuq
HF( harakatli faza) va TF(turgun faza) larda taqsimlanish koeffi-
tsiyentlarining farqiga asoslangan. Mazkur holda taqsimlanish
koeffitsiyenti – xromatografiyalanuvchi moddani qutbliroq (dielektrik
doimiysi kattaroq) suyuq fazadagi muvozanat konsentratsiyasini o„sha
moddaning qutbsizroq (dielektrik doimiysi kichik)
suyuq fazadagi
muvozanat konsentratsiyasiga nisbati ma‟nosini anglatadi.
v) Ion
almashinish
xromatografiyasi –
HF
(suyuq eritma)
tarkibidagi ajratiluvchi moddalar ionlarini TF ionlariga almashinish
qobiliyatidagi farqiga asoslangan.
g) Xemixromatografiya –ajratiluvchi
moddalarning qo„zg„almas faza tarkibidagi kimyoviy reagentlar
bilan u yoki bu holdagi reaksiyaga kirishish qobiliyatidagi farqiga
asoslangan. Xemixromatografiya-ni cho„ktirish,
oksidlanish-qaytarilish,
ligandli (kompleks hosil bo„lish), biospestsifik xromatografiya turlari
mavjud.
d) Elak (eksklyuzion) xromatografiya –ajratiluvchi moddalar
zarrachalarining o„lchamlari bilan g„ovak modda – sorbentdan iborat
qo„zg„olmas faza g„ovaklarining o„lchamlari
orasidagi farqiga asos-
langan. Bu usulda sorbent molekulyar elak vazifasini bajaradi va undan
faqat ma‟lum o„lchamli molekulalargina o„tishi mumkin. Mayda zarralar
sorbent g„ovaklariga kirib, ushlanib qoladi, yirik molekulalar esa HF
bilan sorbentda ushlanmasdan yuvilib chiqadi. Bu usulning bir turi – gel
7
xromatografiyada TF bo„ktirilgan gel bo„lib, uning g„ovaklari aniq
o„lchamga ega.
e) Boshqa
xromatografik usullar, masalan, elektroxromatografiya
(elektroforez) tashqi elektrik maydon ta‟sirida har xil ionlarni turli
tezlikda siljishiga asoslangan.
Fazalarning agregat holatiga ko‘ra tasnifi
HF – gaz yoki suyuqlik, TF esa
qattiq modda yoki suyuqlik
bo„lishi mumkin. O„zaro tutashgan HF va TF tabiatiga ko„ra
xromatografik usullarning tasnifi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Fazalarning agregat holatiga ko„ra xromatografiya usullarining
tasnifi
Turg„un faza (TF)
Harakatli (HF)
Usulning nomi
Adsorbsion xromatografiya
Qattiq modda
suyuqlik
Suyuqlik-
adsorbsion
xromatografiyasi
Qattiq modda
gaz
Gaz-adsorbsion
xromatografiya
Taqsimlanish xromatografiyasi
Suyuqlik (yupqa
qobiq)
TF bilan aralashmaydigan
suyuqlik
Suyuqlik -
taksimlanish
xromatografiyasi
Yuqori samarali
suyuqlik
xromatografiyasi
Suyuqlik
(yupqa
qobiq)
gaz
Gaz-suyuqlik
xromatografiyasi
8
Bajarilish uslubiga ko‘ra tasnif
Bajarilish uslubiga ko„ra kolonkali (kolonkali), kapillyar, tekis-
lik (yupqa qabat, qog„ozli), xromatografiya turlari mavjud.
Kolonkali (kolonkali) xromatografiyada moddalarni ajratish uchun
biror sorbent bilan to„ldirilgan naysimon xromatografik
kolonka-
lar ishlatiladi.
Kapillyar xromatografiyada xromatografik kolonka sifatida shisha
yoki boshqa materialdan tayyorlangan juda ingichka kapillyar naychalar
ishlatiladi. Tekislik xromatografiyasida qo„zg„almas
faza
sifatida
shisha, alyuminiy, plastmassadan tayyorlangan plastinkaga o„rnatilgan
sorbentning yupqa qavat (yupqa qatlam xromatografiyasi yoki yupqa
qatlamda bajariladigan xromatografiya) yoki qog„oz – ko„p hollarda
tolalari suv yoki boshqa suyuqlik
bilan namlangan maxsus
xromatografik
qog„oz
(qog„ozli
yoki
qog„ozda
bajariladigan
xromatografiya)
ishlatiladi.
Sorbentning
(TF) tekis
yuzasi
bo„ylab, kapillyar kuchlari hisobiga, tarkibida ajraluvchi moddalar
tutgan suyuq faza siljiydi.
Dostları ilə paylaş: