9
bo‘lishini 1 ga teng, aks holda, ya’ni tok bo‘lmaganda 0 ga teng axborot
deb oladi. Ikkinchi tomondan, axborotlarni kodlash uchun kodlash siste-
masi ikkita belgidan iborat bo‘lishi yetarli bo‘ladi. Endi belgilarni ikkita
belgi orqali qanday kodlash mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
Axborotni ikkita belgi yordamida kodlash.
Kompyuter raqamlarn-
ing o‘zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi.
Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki mag-
nitlanmagan; ulangan yoki ulanmagan; ha yoki yo‘q va h.k.) ifodalanadi.
Bu holatning birinchisini 1 raqami bilan, ikkinchisini esa 0 raqami bilan
belgilash qabul qilingan bo‘lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash
(qisqacha, ikkilikda kodlash) nomini olgan. Masalan:
A 01000001
M 01001101
B 01000010
O 01001111
D 01000100
R 01010010
H 01001000
T 01010100
K 01001011
U 01010101
I 01001001
X 01011000
Kompyuterlarda har bir belgiga 0 va 1 belgilarining ketma-
ketligidan iborat 8 ta belgi mos qo‘yiladi. 8 ta nol va birlarning turli o‘rin
almashtirishidan foydalanib, turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin.
0 va 1 dan iborat raqamlar yordamida ularni 8 tadan ajratsak, bu o‘rin al-
mashtirishlar soni 2
8
=256 ga teng bo‘ladi, ya’ni ular yordamida 256 ta
harflar, raqamlar, turli boshqa belgilarni kodlash mumkin bo‘ladi.
KITOB so‘zini quyidagicha kodlash mumkin:
01001011 01001001 01010100 01001111 01000010
K I T O B
Buyruqlarni yoki turli boshqa turdagi axborotlarni kodlash uchun
shu tartibda yondashiladi. Biroq, turli rusumdagi kompyuterlar uchun tur-
licha bo‘lishi mumkin. Bu texnikaning xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan ho-
latdir.
Agar ikkilikda kodlangan belgilarni o‘n oltilikda kodlamoqchi
bo‘lsak, tetrada kodlash usulidan foydalanishimiz mumkin. Bu holda
sanoq sistemasidagi sonlarni taqqoslash jadvaliga ko‘ra 4=0100 va
1=0001 ekanligidan A belgisi kodi o‘n oltilikda 41 ga teng bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: