11
Axborotni o‘lchash
uchun unda ishtirok etgan harf, raqam va boshqa
belgilar 0 va 1 raqamlaridan iborat kod bilan almashtiriladi. Masalan, 3
raqami - 00000011 kabi; 8 raqami - 00001000 kabi; A harfi - 01000001;
M harfi esa — 01101101 kabi ifodalanadi.
Axborotning eng kichik o‘lchov birligi sifatida bit qabul qilingan.
Bit axborotning raqamli ifodasidagi 0 yoki 1 belgisi bo‘lib, ingliz tilidagi
“binary digit” so‘zlaridan olingan va “ikkilik raqami” degan ma’noni an-
glatadi. Masalan: 100101101 da 9
ta bit bor, chunki unda 9 ta raqam (0 va
1) ishtirok etmoqda.
Bitdan kattaroq o‘lchov birligi sifatida bayt qabul qilingan: 1 bayt =
8 bit. Masalan: 11011011 da 1
bayt axborot bor, chunki unda 8
ta bit
(raqam) qatnashmoqda, 1011010100100011 da esa 2 bayt axborot bor,
chunki unda 16 ta bit (raqam) qatnashmoqda. Axborotda qatnashgan har
qanday belgi 1 bayt hajmli deb hisoblanadi. Masalan, “B” harfi 1 bayt
hajmga ega; “MA” esa 2
bayt hajmli; “MAS” 3 bayt hajmli va h.k.
Baytdan katta o‘lchov birligi ham mavjud. U kilobayt (Kbt) deb
nomlanadi va 2
10
baytga teng: 1 Kbt = 2
10
bayt = 1024 bayt.
Kilobaytdan katta o‘lchov birliklari ham qabul qilingan bo‘lib, ular
megabayt (Mbt), gigabayt (Gbt), terabayt (Tbt), petabayt (Pbt) kabi bel-
gilangan:
1 Mbt = 210 Kbt =1024 Kbt= 1024x1024 bayt= 1048576 bayt =1048576
x8 bit = 8388608 bit;
1 Gbt = 2'° Mbt = 1024 Mbt = 1024x1024 Kbt = 1024x1024x1024 bayt =
2
30
bayt;
1 Tbt = 210 Gbt = 1024 Gbt= 1024x1024 Mbt = 1024x1024x1024x1024
bayt = 2
40
bayt;
1 Pbt=2,0 Tbt= 1024 Tbt=1024x 1024 Gbt =
1024x1024x1024x1024x1024 bayt = 2
50
bayt.
Demak, 1 Pbt hajmli axborotda 2
50
ta belgi ishtirok etar ekan.
Ma’lumki, axborot ustida uzoq masofaga
uzatish amali bajarilishi
mumkin. Axborotni kompyuter yordamida uzatish uchun esa sarflanadi-
gan vaqt uning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Axborotning
vaqt birligi ichida
uzatilgan miqdori axborotni uzatish tezligi deb ataladi. Axborot uzatish
tezligining birligi sifatida bod kiritilgan:
Dostları ilə paylaş: