O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat universiteti



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/140
tarix12.09.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#142946
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140
5-topshiriq 
Turli ko‘rinishda berilgan axborotlarni izohlang. 
6-topshiriq 
Nuqtalar o‘rniga o‘ng ustundagi kerakli so‘zlarni joylashtirib 
ko‘chiring. 
Axborotlar ustida bajariladigan amallar 
bilan bog‘liq barcha jarayonlar... deb at-
aladi. 
diskret 
analog 
Axborotlar... va ... turlarga ajratiladi. 
axborotli jarayonlar 
7-topshiriq 
Quyida berilayotgan axborotlarni izohlang. 
 
Mustaqil topshiriqlar 
1.
Alifbodagi harflarni ularning tartib raqami bilan almashtirish usulidan 
foydalanib quyidagi jumlalarni kodlang. 
a)
NIMANI EKSANG SHUNI O‘RASAN. 
b)
KUCHLI DAVLATDAN KUCHLI JAMIYAT SARI. 
d)
BUYUK MAQSAD YO‘LIDA OG‘ISHMAYLIK. 
e)
OZ BO‘LSA HAM BILMOQ UCHUN KO‘P O‘QIMOQ ZARUR. 
f)
MUSHOHADA QILMASDAN O‘QISH, OVQAT HAZM QILMAS-
LIK BILAN BAROBAR. 
2.
Aralashtirilgan alifbodan foydalanib berilgan jumlalarni kodlang. 
a)
NAMUNASIZ HECH NARSANI O‘RGANA OLMAYSAN. 
b)
DEYDILARKI, KITOB - OFTOB. 
d)
KITOB BIZNING DO‘STIMIZ



14 
e)
KITOB JAVONI - ILM XIRMONI. 
f)
ILM SIRLARIGA XAZINA KITOB. 
3.
Uch kishi "ha" yoki "yo‘q" deb ovoz berayotgan bo‘lsin. Agar "ha" 
so‘zi 1 raqami, "yo‘q" so‘zi 0 raqami bilan kodlansa, ovoz berishning 
barcha natijalarini yozing. 
4.
"ONA VATAN, MAKTAB" jumlasi "101100000 111000110000100, 
011000010110000001" kabi kodlangan bo‘lsa, har bir harfning kodini 
toping. 
5.
Avvalgi mashqdagi kabi belgilarga mos kodlarning o‘rnini almashtirib 
qayta kodlang. 
a)
"Kelajak yoshlar qo‘lida" iborasida necha bayt axborot borligini 
hisoblang va uni axborotning boshqa o‘lchov birliklarida ifodalang. 
b)
Agar axborot 14 Mbt hajmga ega bo‘lsa, u qancha bit, bayt va Kbt 
ekanligini hisoblang. 
c)
Agar kitobdagi axborot hajmi 640 Kbt ekanligi ma’lum bo’lsa, uni 
nechta "kompyuter" so‘zi bilan almashtirish mumkin? 
d)
256 xil rangli gorizontaliga 1280 ta nuqtali vertikaliga 1024 ta nuqtali 
ekrandagi rasm kodlanganda axborot hajmini bayt va Kbt da toping. 
7.
Maktabingiz joylashgan manzil to‘g‘risidagi axborotning hajmini 
hisoblang. 
8.
"Respublika iqtisodiyotini boshqarishda kompyuterlarning ahamiyati 
beqiyos" iborasidagi axborot hajmini toping. 
9.
Quyida keltirilgan axborotlaming hajmini bit va kilobaytda ifodalang: 
a) 1957-yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Matematika instituti 
qoshida Hisoblash markazi tashkil etildi. 
b ) 1963-yili Hisoblash markazi Mexanika institutiga o‘tkazildi. 
d) Shohsanam 1995-yil 30-martda Toshkent shahrida tug‘ildi. 
10.
Ma’lumotda 
baytlarda 
ifodalangan 
belgilar 
sonini 
toping: 
1101001100011100110100110001110001010111. 
11.
1 dan 16 gacha bo‘lgan natural sonlarni kodlash uchun necha bit 
kerak bo‘ladi? 
12.
1 Gbt axborot 64 Kbt/sek tezlikda qancha vaqt uzatiladi? 
13.
1024 Mbt axborot 512 sekundda uzatilgan bo‘lsa, axborot uzatish te-
zligini aniqlang.
 
14.
Bir kitobda 750 ta sahifa bo‘lib, har bir sahifa 32 ta satrdan va har bir 
satr 72 ta belgidan iborat bo‘lsa, kitobdagi axborotni 24 Kbt/sek tezlik bi-
lan uzatilsa, sarflanadigan vaqtni toping.
 
15.
Axbоrоt texnоlоgiyalari qanday belgilar asоsida tavsiflanadi? 
16.
Axborot qanday ko‘rinishlarda uchraydi? Misollar keltiring. 


15 
17.
Film namoyish etilayotganda qanday ko‘rinishlarda axborot olasiz? 
18.
Sinf doskasida biror axborot obyekti to‘g‘risidagi axborotni ikki xil 
ko‘rinishda tasvirlang. 
19.
Axborotning asosiy xususiyatlari haqida so‘zlab bering. 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin