113
imidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim
qonun-qoidalari
asosida o‘quv shart-sharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta’minlab
berib, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda shug‘ullanishni talab qilu-
vchi tizimdir. Bunda o‘qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qay-
si joyda bo‘lishiga bog‘liq emas.
Masofaviy ta’lim
– masofadan turib o‘quv axborotlarini almashuvchi
vositalarga asoslangan, o‘qituvchi maxsus axborot muhit yordamida,
aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xiz-
matlarini ko‘rsatuvchi ta’lim majmuaidir.
Masofaviy o‘qitish tizimi
– masofaviy o‘qitish shartlari asosida
tashkil etiladigan o‘qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy
o‘qitish tizimi o‘zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va
tashkiliy shakllariga ega.
Nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo‘lib qoldi? –
degan savol
tug‘ilishi tabiiy. Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab o‘tish
mumkin:
- Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt
va joyga bog‘liqmasligi va boshqalar).
- Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi.
- Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi.
- Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
- Xalqaro integratsiyaning kuchayishi.
Yuqorida sanab o‘tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o‘qitishga
ehtiyoj borligini ko‘rsatadi.
Masofaviy o‘qitishning ta’lim tizimida bir-biridan farqlanuvchi
model va shakllari mavjud bo‘lib, ular quyidagi qo‘llanish shartlari bilan
farqlanadi:
- geografik shartlar (masalan, mamlakat territoriyasi, markazdan
uzoqlikda
joylashuvi, iqlimi);
- mamlakatning axborotlashuvi va kompyuterlashtirish umumiy da-
rajasi;
- kommunikatsiya va transport vositalarining rivojlanish darajasi;
- ta’lim jarayonida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
vositalarining qo‘llanish darajasi;
- ta’limda qo‘llaniladigan an’analari;
- masofaviy o‘qitish tizimi uchun ilmiy pedagog kadrlar mavjudligi
va ularning salohiyati va boshqalar.
Umuman olganda masofaviy ta’limning maqsadiga quyidagilar kira-
di:
114
- Mamlakat miqyosidagi barcha hududlar
va chet eldagi barcha
o‘quvchilar, talabalar, ta’lim olishni xohlovchilarga birdek ta’lim olish
imkoniyatini yaratib berish.
- Yetakchi universitetlar,
akademiyalar, institutlar, tayyorlov
markazlari, kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka oshirish insti-
tutlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va ta’lim berish potensial-
laridan foydalanish evaziga ta’lim berishning sifat darajasini oshirish.
- Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda
qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.
- Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va
ta’lim muhitini kengaytirish.
- Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish.
- Ta’lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta’lim
darajasini
ta’minlash.
Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy
ta’lim elementlarini ta’lim muassasalariga joriy etilishi har tomonlama
foyda keltiradi. Oliy ta’lim tizimida bu kompleksni joriy qilish uchun bar-
cha shart-sharoitlar mavjud.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonida (xususan,
masofaviy ta’lim jarayonini) qo‘llash asosan ikki xil ko‘rinishda amalga
oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar bo‘lsa,
ikkinchisi sharti esa
maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir.
1. Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq
qo‘rilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari, video konferensiya ji-
hozlari va hakazo.
2. Dasturiy ta’minotga: Mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy
ta’minotlardan tortib shu soha uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami
kiradi.So‘nggi yillarda G‘arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llanilib
kelinayotgan Internet yoki Internet tarmog‘i
orqali elektron shakldagi
ta’lim turini Elearning (elektron ta’lim) atamasi bilan kirib keldi.
1-rasm. Masofaviy ta’lim modellari.
115
Elektron ta’limi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosid-
agi ta’limning turli ko‘rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir.
Elearning o‘z ichiga elektron o‘quv kontenetlarni bilim oluvchiga
yetkazish usulidan kelib chiqqan holda guruhlarga ajratish mumkin.
YUNESKO institutining 2000 yildagi tahliliy tadqikot materiallarida
(“Distance Education for the Information Society: Policies, Pedagogy and
Professional Development”) keltirilgan masofali o‘qitish modellarini
keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: