175
ham mumkin. Ushbu farqli jihatlari bilan tovarlar raqib tovarga nisbatan ustunlikka
ega bo‘ladi. Mahsulot differeniallashuvini ko‘zda tutuvchi korxonalar barcha sa‘y-
harakatlarni cheklangan talabni qondirish imkoniyati va yuqori naflilikka ega
mahsulotlarni yaratishga qaratadilar. Differensiaallashuv bozorning turli xil sifat,
iste‘mol xususiyati, qiymat va naflilikka ega tovarlar bilan to‘ldirilishini
ta‘minlaydi. Korxonalar turli iste‘molchilar tomonidan afzal deb topilgan
mahsulotni ishlab chiqargan taqdirdagina mahsulotni differensiallash uchun
sarflangan xarajatlarni qoplanishiga, sotish hajmi va foydaning ko‘payishiga
erishishi mumkin bo‘ladi.
Mahsulot differensiasiyasi servis, imidj, va personal differensiallashuvi
shaklida namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: