176
mahsulotlardan faoydalanish yoki ularning ekspluatasiyasi davomida
iste‘molchilarning umumiy xarajatlarini pasaytirish bilan bog‘liq xususiyatlar
(masalan, tejamkorligi, kam energiya yoki yoqilg‘i talab etishi, ko‘p funksiyaliligi,
kafolat majburiyati va shu kabilar.);
mahsulotlarning ekspluatasiyasi davomida iste‘molchilarning umumiy
xarajatlarini pasaytirish bilan bog‘liq xususiyatlar (foydalanish muddati, quvvati,
modernizasiyalash imkoniyati va shu kabilar.);
mahsulotning iste‘mol qiymatini oshirishi va ehtiyojni to‘laroq
qondirishi
mumkin bo‘lgan nomoddiy xususiyatlari (dizayn, rang, noyoblilik, qulaylik, savdo
markasining taniqliligi va shu kabilar.).
Raqobat ustunligi mahsulotlarning o‘ziga xos xususiyati yoki yuqori iste‘mol
qiymati uchun sezilarlli darajada ko‘pligi yoki raqiblar tomonidan ushbu
xususiyatlarni o‘zlashtirish imkoniyati juda kam bo‘lganda ro‘yobga chiqadi.
Differensiasiya
strategiyasini
amalga
oshirish
korxonaga
quyidagi
imkoniyatlarni beradi:
mahsulotning o‘ziga xos xususiyati va iste‘mol qiymati uchun qo‘shimcha
narx belgilash va foyda olish;
mijozlarga yo‘naltirilganlik tamoyili asosida qo‘shimcha site‘molchilar
guruhini jalb qilish va sotish hajmini oshirish;
mukammal tovar taklif asosida iste‘molchilarning tovar belgisi va brendiga
sodiqligini oshirish.
Differensiasiya strategiyasi narxga qo‘shilgan ustama xarajatlar shu maqsadda
sarflangan xarajatlardan ko‘p bo‘lgan taqdirda foydaning oshishiga olib keladi.
Differensiasiya strategiyasi mahsulot sifati yoki uning o‘ziga xususiyatlari hamda
yuqori iste‘mol qiymati bilan chegaralanib qolmaydi. Differensiasiyalash
imkoniyati quyidagi bo‘lim yoki bo‘linmalarda ham o‘rinlidir:
Dostları ilə paylaş: