134
Amal qilish davriga ko‘ra:
– uzoq muddatli raqobat ustunligi;
– qisqa muddatli raqobat ustunligi
Korxona muhitiga
bog‘liqligiga ko‘ra:
– tashqi raqobat ustunligi
– ichki raqobat ustunligi
Raqobat ustunligining mahalliy jihatdan chegaralanganligiga keladigan
bo‘lsak, ushbu ma‘lum geografik hudud, bozorning aniq segmentlarida amalga
oshirilishi muhim hisoblanadi. Chunki milliy bozorlarda ustun mavqyega yoki
raqobat ustunligiga ega bo‘lgan firma jahon bozorida o‘zining ustunligini namoyon
qila olmaydi.
―raqobat‖, ―raqobatbardoshlik‖, ―raqobat ustunligi‖ va ―raqobat strategiyasi‖
kategoriyalari yaxlit tizimni tashkil etadi. Ushbu tushunchalarning turlicha
tariflanishi, o‘zaro bog‘liqligini ularning turli darajada olib qaralishi bilan
izohlashimiz mumkin. Ushbu elementlar birgalikda korxonalarning muayyan bozor
segmentlarida o‘zaro raqobat kurashida ishtirok etishini ta‘minlaydi(8.2.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: