132
munosabatlariga qanchalik ko‘p to‘xtaladigan bo‘lsak, raqobat ustunligini aniqlash
va unga erishish shunchalik dolzarb bo‘lib qolaveradi.
Kapital sig‘imi, mahsulotning mukammalligi,
murakkab va zamonaviy
texnologiyalarning qo‘llanilishi, patent, lisenziya, mualliflik huqulari bilan
himoyalanganlik, mahsulotning sanoat nusxasini
olish qiyinligi har qanday
korxonaning raqobat ustunligini belgilab beruvchi muhim parametrlar jumlasiga
kiradi. Raqobat ustunligining barqarorligi esa ushbu parametrlarning muntazam
ravishda modernizasiya qilib borilishi va manbalarining mavjudligiga bog‘liqdir.
Raqobat ustunligining yakuniy natijasi ―raqobatbardoshlik‖da
namoyon
bo‘ladi. Raqobatbardoshlikni aniq bir parametr bilan aniqlash mushkul, u ko‘plab
parametrlar, ichki va tashqi muhit omillarining o‘zaro aloqadorligi asosida
shakllanadi. Shubhasiz, korxonaning raqobat ustunligi raqiblar ustidan faoliyatning
iqtisodiy, texnik va tashkiliy jihatlar bo‘yicha namoyon bo‘ladi. bundan tashqari
raqobat ustunligining barcha ko‘rsatkichlarini am miqdoriy o‘lchash imkoni yo‘q.
Korxonaning
professionalizmi,
malakasi,
ish
tajribasi
raqib
korxonalarnikidan tubdan farq qiladi va uning raqobat ustunligini belgilab beradi.
Raqobat ustunligining asosiy ikki tipi ajratib ko‘rsatiladi: iste‘molchilarga
mukammal tovar va xizmatlarni taqdim etish yoki xarajatlarning kamligi.
Korxonaning tarmoqdagi raqobat ustunligini belgilab
beruvchi asosiy jihatlar
raqiblarga nisbatan ishlab chiqarish va sotish jarayonini eng kam xarajatlar asosida
tashkil etishi yoki iste‘molchilarga yangi iste‘mol xossalarini namoyon qiluvchi
mukammal tovar va xizmatlarni taklif qilishi,
tovar va xizmatlarning sifati,
sotuvdan keyingi servis xizmati belgilab beradi. Birinchi holatda korxona raqiblar
tovar(xizmat)iga o‘xshash bo‘lgan tova(xizmat)larni bir xil narxda sotadi va yuqori
foyda oladi. Ikkinchi holatda esa korxonaning foydasi raqiblarga nisbatan yuqori
narx belgilash orqali olinadi.
Korxonaning raqobat ustunligi quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflanadi:
Dostları ilə paylaş: