5. Bozor infratuzilmasining rivojlanish darajasi bilan bog’liq raqobat ustunliklari :
–
kommunikasiya vositalarining rivojlanganligi (transport,
aloqa,
telekommunikasiya). Bu ayniqsa transport sohasida yaqqol namoyon bo‘lib,
hududiy birliklarning notekis joylashuvi, iqtisodiy rivojlanishidagi mavjud
tafovutlar, davlat va mahallimy ahamiyatga ega bo‘lgan transport yo‘llarining
notekis taqsimlanishida kuzatishimiz mumkin;
–
hududiy birliklarda mehnat bozori, kapital, tovar va texnologiyalarning erkin almashinuvi va ochiqligi ;
–
distribusiya tarmoqlarining rivojlanganligi (chakana, ulgurji, fyuchers
savdolari, konsalting, axborot, lizing va shu turdagi xizmatlarni ko‘rsatish
tizimining rivojlanganligi);
– ishlab chiqarish kooperasiyasi .
6. Texnik-texnologik omillarga bog’liq raqobat ustunliklari. Bu
tarmoqda amaliy fan va texnikaning rivojlanganligi, mashina va uskunalarning
texnik tavsiflari, xom ashyo va materiallarning texnologik xususiyati va ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning texnik parametrlari bilan baholanadi.
7. Ma’lumotlar bazasi bilan bog’liq raqobat ustunliklari. Bu malakali
sotuvchilar, potensial iste‘molchilar, xaridorlar, bozor tuzilmasi va dinamikasi,
reklama faoliyati bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar bazasining shakllantirilganligi bilan
izohlanib, bozor va uning ishtirokchilari to‘g‘risida yetarli ma‘lumotlarga ega
bo‘lmaslik raqobat kurashida muvaffaqiyatga erishishga to‘sqinlik qiladi.
8. Geografik omillarga bog’liq raqobat ustunliklari. Bu bozorning
gografik chegaralari (mahalliy, mintaqaviy, milliy, xalqaro)ni iqtisodiy jihatdan
zabt etish imkoniyatining mavjudligi, raqiblarning kirib kelishiga geografik
to‘siqlarning mavjudligi bilan bog‘liq. Geografiq to‘siqlar tovar va xizmatlarning
kirib kelishida transport vositalarining yo‘qligi, chegaradan o‘tishda qo‘shimcha
xarajatlarning mavjudligi va tashish jarayonida tovarlarning sifati va iste‘mol
xosaalarining yo‘qotilishi bilan izolanadi.