141
–
jinoyatchilik:
Reket, tovarlar kontrabandasi, bozorning jinoiy guruhlar
tomonidan nazorat qilinishi.
8.3. Raqobat ustunligi va strategiyasini shakllantirish mexanizmi
Raqobat konsepsiyalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki,
zamonaviy
adabiyotlarda keltirilgan raqobat atamasi tizimli bo‘lmasdan raqobatning ayrim
jihatlarinigina ifodalaydi. Aksariyat biz uni jarayonli yondashuv asosida
tushunamiz va bozor talabini qondirish jarayonidagi bellashuv sifatida talqin
etamiz. Bunda eng asosiy e‘tibor raqiblarga nisbatan yuqori nufuzga ega va
qadrlanadigan qiymat yaratishga qaratiladi.
Raqobat – bozor munosabatlarining
asosiy kategoriyasi hisoblanib, xujalik yurituvchi subyektlar o’rtasidagi o’ziga xos
bellashuvdan iborat bo’lib, o’z harakatlari orqali raqiblar imkoniyatini
cheklashga qaratilgan. Iqtisodiy kurash olib borishning bu turi iste’molchilar
ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan mahsulotlarni yaratish va realizasiya
qilishda yuqori darajada resurs, texnologik va intellektual salohiyatini namoyon
qila olgan tomonni yuqori pog’onadan joy olishini ta’minlab beradi.
Bugungi kunda raqobatbardoshlikni oshirish iqtisodiy rivojlanishning asosiy
yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Chunki
bu muammoning yechimi turli
darajada faoliyat yuritayotgan subyektlarning faoliyati samaradorligi va
natijaviyligining asosiy mezoni hisoblanadi.
Korxona yoki tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligi
iqtisodiy
kategoriya bo’lib, korxonalarning ishlab chiqarish resurslaridan samarali
foydalanishi, foyda olish va jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi boshqa
ustunliklari va uzoq muddatli davr mobaynida o’z kapitalini oshirib borish
imkoniyati hamdir. Raqobatbardoshlik korxonalar iqtisodiy faoliyati natijalarining
loyihaviy, ishlab chiqarishsh, taqsimot va iste’mol jihatlarini o’zida aks ettiradi.
Raqobatbardoshlik
oxir-oqibat
korxonalar
tomonidan
bozorning
qayta
taqsimlanishiga olib keladi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida raqobatbardoshlikning asosiy xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
–
raqobatbardoshlik aniq bir bozor yoki analog mahsulot(xizmat)ga nisbatan
olib qaraladi;
–
raqobatbardoshlik dinamik xususiyatga ega ekanligi bois uni bozor
konyunkturasi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda muayyan vaqt oralig‘ida tadqiq
qilish mumkin;
–
raqobatbardoshlik taqchillik kuzatilmaydigan bozordagina vujudga kelishi
mumkin;
–
raqobatbardoshlik korxona yoki u ishlab
chiqaradigan mahsulotning
hayotiylik davriga bog‘liq.