– tashqi savdo narxi – mahsulot (ish, xizmat)larning eksport-import
narxlari bo‘lib, uning shakllanishida mahsulot (ish, xizmat)larning aniq segment,
raqobatchilar, sotish hajmi, yetkazib berish muddatlari hisobga olinadi.
Amaliyotda tashqi savdo mahsulot (ish, xizmat)larni yetkazib berishning franko-
stansiya, jo‘natuvchining franko-stansiya shartlari sifatida keng tarqalgan. Soliqlar,
sug‘urtalash va transport xarajatlarini to‘lash bitim shartlari orqali belgilab olinadi.
Narxning boshqa turlari ham mavjud. Biroq kichik korxonalar amaliyotida
ulardan kam qo‘llaniladi. Bular:
– rejaviy narxlar – biznes rejani ishlab chiqishda turli hisob-kitob ishlarida
foydalanilgan narxlar bo‘lib, ishlab chiqarish, kichik korxonalarning xo‘jalik
faoliyatini rejalashtirishga aloqador reja va dasturlarini tuzishda qo‘llaniladi;
–
taqqoslama (doimiy, o’zgarmas) narxlar – hisobot davrida mahsulot
(ish, xizmat)lar taqqoslanadigan doimiy narxlar yoki bazis davr narxi. Bu narx narx
indeksi (deflyator) bo‘lib, ishlab chiqarilgan mahsulot(ish, xizmat)lar ushbu narxda
baholanadi.
Jahon amaliyotida turli narx indekslari majmuidan yalpi ichki mahsulot
(YaIM)ni qayta baholash va uning umumlashgan ko‘rsatkichlari xususiyatini ochib
berishda foydalaniladi va
deflyator deb ataladi. Deflyator-indeks inflyasiya
suratini baholovchi umumiy ko‘rsatkich sifatida olib qaraladi.
Bugungi kunda qayta baholashning keng tarqalgan usullari quyidagilar:
1. Mahsulotni bevosita baholash usuli – alohida olingan mas‘hulot (ish,
xizmatlar) hisobot davrida bazis davriga nisbatan baholanadi. Bu usul ishlab
chiqarish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini baholashda qo‘llaniladi.
2. Narx deflyatori usuli – ko‘rsatkichlarning qiymati amaldagi narx va narx
indeksiga asosan baholanadi. Qoidaga ko‘ra sanoat mahsult (ish, xizmat)lari uchun
qo‘llaniladi.