122
Limit narx
–
belgilangan chegaradan oshmaslik yoki pasaytirilmaslik sharti
bilan belgilangan narx;
Qat’iy narx
–
qat‘iy o‘rnatilgan narxlar.
O‘zbekistonda pul muomalasini barqarorlashtirish, ishlab chiqarishni
xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish va bozor tuzilmalari sonini
oshirish chora-tadbirlari natijasida bozor narxlarining qo‘llanilish sohasi kengayib
bormoqda, o‘z navbatida davlat tomonidan belgilangan narx sohasi qisqarib,
asosoan tabiiy monopoliyalar va mudofaa sanoati korxonalari doirasida saqlanib
qolmoqda.
Tovar harakatiga bog‘liq holda quyidagi narx turlari farqlanad:
Ishlab chiqaruvchining ulgurji narxi
–
mahsulot (ish, xizmat)larning yirik
ulgurji korxonalar, tijorat vositachi korxonalar tomonidan kelgusida takroriy sotish
maqsadida o‘rnatilgan narxi.
Savdo ulgurji narxi
– ulgurji ishlab chiqaruvchi narxi va mahsulotni ulgurji
sotish maqsadida sarflangan transport, saqlash va sotish xarajatlarini hisobga olgan
holdagi narxdir.
Chakana narx
–
chakana savdo korxonalari tomonidan mahsulotlarni
yakuniy iste‘molchiga mayda partiyalar orqali sotish narxi. Odatda tovarlarning
chakana narxi ulgurji narxdan yuqori bo‘ladi.
Yuqoridagi narxlardan tashqari kichik korxonalarda quyidagi narxlar ham
qo‘llaniladi:
Dostları ilə paylaş: