125
o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiyot nazariyasida «narx nisbati» degan tushuncha bor, u
―narx pariteti‖ deb ham yuritiladi
.
Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga
bog‘liq bo‘lganidan narxlar bir-birim yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi metall
narxiga, metall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxi tarkibiga kiradi,
chunki bu narxlarning har biri o‘zidan keyingi mahsulot xarajatlarini
shakllantiradi. Bozorga shunday o‘ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko‘pchilik
sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurslar hisoblanadi. Bular metall,
neft, ko‘mir, gaz, yog‘och, bug‘doy, paxta kabi tovarlar bo‘lib, ular narxining
o‘zgarishi butun narxlar nisbatini o‘zgartiradi.
Dostları ilə paylaş: