1. bozor narxi – ishlab chiqaruvchi narxi – ishlab chiqaruvchi tomonidan sotilgan
mahsulot (ish, xizmat)larga belgilangan narx bo‘lib, jo‘natuvchining franko-
stansiya, ya‘ni tovarni iste‘molchiga yetkazib berish majburiyatisiz, QQS va
dotasiyalarsiz narx ko‘rinishida shakllanadi;
–
joriy narx – kichik korxona tomonidan mahsulot (ish, xizmat)larni
ro‘yxatga olish chog‘ida belgilangan narx;
–
Bazis narx – narx indeksi asos qilib olingan narx;
–
Transfert narx – tijorat operasiyalarida korxonaning bo‘limlari
o‘rtasidagi o‘zaro narx. Xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot,
shuningdek xizmatlarga belgilanadi;
Franko narx – narxning mahsulotni tashib keltirish xarajatlarini iste‘molchi
tomonidan qoplanishini ko‘zda tutuvchi narx bo‘lib, tovarlarni yakuniy aholi
manziliga yetkazish sharti bilan qo‘llanaladi. Franko-ombor, franko-vagon, franko-
temir yo‘l stansiyasi, franko bort va shu kabilar. Franko-stansiya narxda tovarni
sotuvchi xaridorga tashib keltirish xarajatlarini kiritgan holda narxni belgilab
beradi. Bunda har bir birlik mahsulo uchun o‘rtacha tarif va tashish masofasidan
kelib chiqqan holda narx ustamasi qo‘shiladi.
Eksport-import operasiyalarida transport xarajatlarini qoplash bir-biridan
yetkazib beruvchi va xaridor xarajatlarining hajmidan kelib chiqqan holda 13 xil
shaklda amalga oshiriladi.
Erkin narx – davlat idoralari tomonidan cheklanmaydigan narxlar.
Narxlarni erkinlashtirish asosida talab va taklifdan kelib chiqib bevosita sotuvchi
va xaridor o‘rtasida shakllanadigan narx. Erkin narxlar
Shartnomaviy narxlar – oldi-sotdi bitimi kelishuvida belgilangan narxlar
hisoblanadi. Ular turli korxonalar, firmalar va konsorsiumlarning bitimlariga ko‘ra
ichki bozorda amal kiluvchi narxlardan va tashki savdo shartnomalariga ko‘ra
davlatlararo oldi-sotdi narxilardan iborat bo‘ladi. Tashqi savdo shartnoma narxlari
ichki bozor narxlaridan farq qiladi;