219
monopol yuqori narx tavsifiga yondashuv ham o‘zgardi. Qonunda birja savdolari
natijasida vujudga kelgan narx monopol yuqori hisoblanmasligi nazarda tutilgan.
Qonunda iqtisodiy jamlanish bo‘yicha davlat nazoratini ta‘minlash
maqsadida, shaxs yoki shaxslar guruhining ustunlik darajasini oshishiga olib
keluvchi qo‘shilish, qo‘shib yuborish, aksiyalarni, mulkiy huquqlarni sotib olish va
boshqa bitimlarni (harakatlarni) tartibga soluvchi yangi bob kiritildi. Shuningdek,
xo‘jalik subyektlariga nisbatan ma‘muriy yuklarni og‘irliklarni qisqartirish
maqsadida, aktivlarning balans qiymati oshirildi.
Investision vositachilar sifatidagi qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari
tomonidan amalga oshiriladigan aksiyalarni sotib olish bo‘yicha bitimlar tuzilishi
hamda aksiya va ulushlarni ishonchli boshqaruvga topshirish yuzasidan nazoratni
amalga oshirish maqsadga muvofiq emas deb topildi, chunki mazkur bozor
qatnashchilari raqobat rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Yangi qonunning qabul qilinishi, raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga
soluvchi hozirgi kunda ko‘pgina alohida qonunosti hujjatlaridan iborat bo‘lgan
me‘yorlarning jamlanishini ta‘minlab beradi, bu esa mazkur sohadagi
munosabatlarni huquqiy tartibga solishning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini
oshiradi hamda qonuchilikda mavjud bo‘sh joylarni va monopoliyaga qarshi
tartibga solish sohasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etadi hamda tadbirkorlik
subyektlari faoliyati uchun teng shart-sharoitlarni, tovarlarning erkin aylanishini,
iqtisodiy faoliyatning erkinligini ta‘minlab beradi, bu esa raqobat rivojlanishining
hamda uning tovar va xizmatlar bozorlarida himoya qilinishining eng asosiy jihati
hisoblanadi.
Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning bozorda monopollikka intilishi
va yuqori foyda olishga intilishi obyektiv hodisa. Shu sababli raqobat muhitini
bozor mexanizmlari va makroiqtisodiy o‘zgarishlar orqali amalga oshmaydi. Ko‘p
ukladli iqtisodiyot, boshqaruvning nomarkazlashuvi, narxlarning erkinlashuvi va
davlat tomonidan iqtisodiyotning tartibga solib turilishi raqobat muhitining mavjud
bo‘lishiga yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun bozor subyektlarining xulq-atvorini
tartibga soladigan, raqobatni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan kompleks
chora-tadbirlar ishlab chiqilishi zarur. Bu chora-tadbirlar raqobatni qo‘llab-
quvvatlash siyosatida o‘z aksini topadi.
Raqobat siyosatining mukammal yo‘nalishlaridan biri bu ―Raqobat
to‘g‘risida‖gi qonundir. Ushbu qonunning maqsadi monopolistik faoliyat, raqobat
va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali bozor munosabatlarini shakllantirish,
antimonopol qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishdir. Raqobat to‘g‘risidagi
qonun erkin raqobat va tadbirkorlik muhitini obyekt sifatida emas, balki raqobat
muhitini yaratishning dastagi sifatida olib qaraydi.
Mamlakatimizda raqobat siyosatining strategik yo‘nalishlari quyidagilarda
o‘z aksini topadi:
Dostları ilə paylaş: