OTIH (АТОС/ASEAN)
1993 dekabrda iqtisodiy rivojlanish va mintaqada
raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan Osiyo-Tinch okeani
iqtisodiy hamkorligi
Per se doktrinasi (доктрина Пер се / doctrine per se) – subyektning har
qanday tobelikni, iqtisodiyo qaramlikni rad etishidir. Ingliz tilida perseity va
aseity–ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq har qanday tobelikni rad etishdir. per
se bir vaqtning o‘zida iqtisodiyotning siyosatdan holiligini, iqtisodiy nazariyaning
iqtisodiy
tizimlarga
va
institusional
tuzilmalarga
taalluqliligini,
ushbu
tuzilmalarning o‘zaro neytralligini ham anglatadi.
Porterning besh raqobatchi kuch modeli (пять конкурентных сил Портера / Porter’s five forces analysis) – yangi raqiblarning kirib kelishi,
bozorda xaridorlarning hukmronligi, bozorda ta‘minotchilarning hukmronligi,
o‘rinbosar tovarlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar, va tarmoqdagi
raqobat yoki raqobat kurashining saviyasi (darajasi) bilan bog‘liq model.
Qo’shilish samarasi (эффект слияния / effect incorporation)
oligopoliya sharoitida firmalarning raqiblariga javob reaksiyasi halokatli bo‘lishi
mumkin
Raqobat (конкуренция / competition) - xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
musobakalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari har bir subyekt
tomonidan tegishli tovar bozoridagi tovarlar muomalasining umumiy shart-
sharoitlariga ta‘sir ko‘rsatish imkoniyatini cheklaydi.
Raqobat afzalliklari brillianti (модель конкурентного ромба / diamond model) – raqobat ustunligining korporativ boshqaruv ustunliklari; ishlab
chiqarish omillari ustunligi; mamlakatdagi talab hajmi; ko‘makchi va qo‘shimcha
tarmoqlarga bog‘liq ustunliklardan iborat ekanligi.