O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/160
tarix16.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144150
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

Sindikat (Синдикат/
Syndicate)
– bu monopolistik birlashmaning bir turi. 
Ular bir tarmoq korxonalari huquqiy va ishlab chiqarish mustaqilligini saqlab 


246 
qolgan holda buyurtmalarni taqsimlash, xom ashyo sotib olish, ishlab chiqarilgan 
mahsulotni sotish uchun o‘zlarining tijorat faoliyatlarini birlashtirib, yagona idora 
tuzadi. 
Sivilizasiyalashgan raqobat nazariyasi (теория цивилизованной 
куренции /
theory of civilized competition) 
– firmalarning vertikal birlashuvi 
monopol mavqyeni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, firmaning bozor 
munosabatlari sharoitida tirik qolishini ta‘minlaydi va transaksion xarajatlarning 
tejalishiga olib keladi. 
Spens modeli (модель Спенса /
model of Spence)
– oligopoliyaning 
Kurno va Shtakelberg modellarida ilgari surilgan g‘oyalarga asoslanib ishlab 
chiqarish quvvatini tejash modelidir. Ushbu modelga ko‘ra firmalarning 
mustahkam o‘rnashib olishi ularning uzoq muddatli davrda kapital jamg‘arish 
imkoniyatini yaratib beradi. 
So’rov (опрос /
interview) — 
monopoliyaga qarshi organ rahbari 
(o‘rinbosari) tomonidan imzolangan, xo‘jalik yurituvchi subyekt, davlat 
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolar 
tomonidan belgilangan muddatda taqdim etilishi lozim bo‘lgan, tahlil o‘tkazish 
uchun zarur ma‘lumot (hujjat, material)lar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan yozma 
talabnoma.
Tabiiy monopoliya (естественная монополия /
natural monopoly) 

tovar bozorining holati bo‘lib, unda texnologik xususiyatlar tufayli muayyan 
tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo‘lgan talabni qondirishning raqobatli 
sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq 
emas. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin