―Urugvay raundi‖( Уругвайский раунд переговоров / Uruguay Round of negotiations) – investision faoliyatni tartibga solish, intellektual mulk
muhofazasi, moliyaviy, sug‘urta, transport va telekommunikasiya xizmatlari
savdosi bo‘yicha ko‘ptomonlama tartibga solish bo‘yicha 1986-1994 yillarda
GATTning institusional tuzilmasining
o‘zgartirilishi.
Ustun mavqye (доминирующие положение / dominant position)
o‘rnini bosuvchisi bo‘lmagan tovar bozorida yoki birining urnini bosadigan
tovarlar bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning (bir guruh shaxslarning) o‘ziga
(uzlariga) raqobatni cheklashga hal qiluvchi ta‘sir ko‘rsatish, boshqa xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning bozorga kirish erkinligini kiyinlashtirish yoki ularning
iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan
xukmron mavqye.
Vertikal bitimlar (вертикальные соглашения / vertical agreement)
ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyeni egallab turgan, ikkinchisi
esa sotuvchi yoki sotib oluvchi hisoblanadigan raqobatlashmaydigan xo‘jalik
yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi kelishib olingan harakatlar va bitimlar.
Xarberger uchburchagi (триугольник Харберга / Harberger triangle) – shunday mahsulot miqdoriki, bu miqdor monopolistning foydasini
maksimallashtirish, monopol sharoitda bozor muvozanatini ta‘minlashga xizmat
qiladi.
Xart-Skott-Rodino qonuni (
Закон Харт-Скот-Родино / Hart-Scott- Rodino Act ) – 1976 yilda qabul qilingan boshqa kompaniyalar bilan qo‘lishishi
rejalashtirilayotgan kompaniyalar nazorat organlariga bir oy muddat ichida habar
berishi lozimligi, bu muddat ichida nazorat organlari kompaniyalarning qo‘shilish
sabablarini aniqlash va baholashlari, bu jarayonning antitrest qonunchilikka
muvofiqligini tekshirishlarini ko‘zda tutuvchi AQShning antitrest qonunchiligi.