33
davlat monopoliyasiga aylanishdi.
Iqtisodiyotning keyingi rivojlanishi qat‘iy rejalashtirish asosida amalga
oshiriladigan bo‘ldi. Qisqa muddat ichida sosialistik tuzumning moddiy-texnik
bazasi shakllantirildi. Bozorning muvozanatini ta‘minlash, uning taraqqiy etishi
aniq belgilangan dasturlar va ma‘lum bir davrda amalga oshiriladigan qayta
qurilishlar orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi. 30 yillar
oxiridagi tashqi iqtisodiy,
siyosiy vaziyat davlat monopoliyasini harbiy monopoliyaga aylantirdi va 80-
yillarning oxiriga qadar bu tizim saqlanib qoldi.
Xalq xo‘jaligini boshqarishning vektori o‘zgarishi oqibatida o‘zaro chalkash
va takrorlanuvchi vakolatlar paydo bo‘ldi. Bu esa partiya xukmronligiga putur
yetkazib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruq berish va qat‘iy nazorat tizimining yo‘qolishiga
olib keldi. Ko‘plab vazirliklar va mahkamalarning tuzilishi oqibatida ular davlat
tomonidan berilgan ulkan vakolatlarni o‘z manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga
yo‘naltirdilar.
Bir vaqtning o‘zida xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlarida tor predmetli
ixtisoslashuv vujudga kela boshladi. Sobiq Ittifoqning
faqatgina mashinasozlik
sanoatining o‘zida 166 monopolist korxona va 180 monopol ishlab chiqarish
mavjud edi. Mashinasozlik mahsulotlarining uchdan bir qismi bitta korxona
tomonidan va yana shuncha qismi ikkita korxona tomonidan ishlab chiqarilar edi.
Nafaqat mashinasozlik, balki metallurgiya, yog‘ochsozlik,
maishiy-texnika kabi
239 dan ortiq eng muhim mahsulotlarda ham mana shunday manzarani kuzatish
mumkin edi. 82 turdagi mahsulot bir korxona tomonidan, 87 turdagi mahsulotlar
ikkita korxona tomonidan ishlab chiqarilar edi.
Bunday sharoitda kichik korxonalarning faoliyat yuritishi samarasiz edi.
Natijada ular ―repressiya‖ga yuz tutdi. 1960 - 1987 yillarda mahsulot hajmi 0,5
mln rubl bo‘lgan korxonalarning ishlab chiqarish sur‘ati 2,6 marta kamaydi. Bu
paytda tovar aylanmasi 100 ming rublgacha bo‘lgan korxonalar ulushi 4,4%, ishlab
chiqargan mahsuloti umumiy mahsulotning 0,1% ni tashkil qilgan. Mahsulot hajmi
101-500 ming rubl bo‘lgan korxonalar ulushi esa 10% ni tashkil etgan.
Kichik korxonalar (200 kishigacha) uchun bu davr eng og‘ir davr bo‘lib
1987 yilda ularning ulushi umumiy korxonalarning 47% ni tashkil etgan holda
sanoatda band aholining 5%, ishlab chiqarish fondlarining 3.5%,
elektr
energiyasining 1,7% iste‘mol qilgan. Qattiq siyosiy tizim va davlat monopoliyasi
ularning taraqqiy etishiga imkon bermas edi.
1988 yilda e‘tiboran iqtisodiyotning qayta qurish siyosatining olib borilishi
boshlandi. Ommaviy axborot vositalarida davlat monopoliyasi va jahon
amaliyotida antimonopol tartibga solish tajribalari to‘g‘risida yoritilib boshlandi.
Shu bilan birga bu paytga kelib davlat tarmoq, mahkama monopoliyalarini nazorat
qilish imkoniyatiga ega emasdi. Faqatgina ayrim hukumat vakolatlarigina bunga
qisman imkon berar edi.