103
– kommunikativ qobiliyati, til topisha olishi, kirishuvchanligi
(kommunikativ kapital)
58
.
Iqtisodiy faol aholining raqobatbardoshligi, inson resurslari, mehnat
resurslari raqobatbardoshligi tushunchasini 6.3.1-jadvalda keltirilgan uchta
yondashuv asosida tahlil qilishimiz mumkin.
Xodimning raqobatbardoshligi
uning mehnat jamoasida mehnat bozori
(firmaning ichki va tashqi) talablariga mos keladigan miqdor va sifat
ko‘rsatkichlari majmui bo‘lib, uning mehnat resursi sifatidagi imkoniyatlarini
kengaytirishga xizmat qiladi.
Bozor munosabatlari xodimlarning aynan bir korxonada uzoq muddat
ishlashi, xodimning o‘z ichki imkoniyatlarida maksimal foydalanishini
murakkablashtiradi. Shuning uchun mehnat resurslarini boshqarishning zamonaviy
tuzilmasini shakllantirish, uning aniq funksiyalarini belgilab olish muhim
hisoblanadi.
Zamonaviy korxonalarda mehnat resurslarini samarali boshqarish quyidagi
muhim vazifalarni yechishga qaratiladi:
- inson resurslarini strategik rejalashtirish (xodimlarga bo‘lgan talabni
aniqlash, mehnat resurslarini o‘rganish va prognozlashtirish, yollash va ularni
hisobga olish;
yangi mehnat munosabatlarinni shakllantirish;
ziddiyatlarni tartibga solish;
xodimlarni o‘qitish;
xodimlar martabasini boshqarish;
mehnatni rag‘batlantirish va motivasiyasining samarali usullarini joriy
etish;
korxonaning tashkiliy madaniyatini shakllantirish;
mehnat sharoitlarini muntazam yaxshilab borish;
xodimlar faoliyatini huquqiy va axborot jihatdan ta‘minlashni
takomillashtirib borish;
inson resurslarining ijtimoiy rivojlanishini yaxshilab borish.
Dostları ilə paylaş: