O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik


Xofizi Tanish Buxoriy va uning «Sharafnomayi shohiy» asari



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112
Xofizi Tanish Buxoriy va uning «Sharafnomayi shohiy» asari.
O‗rta Osiyo, 
Qozog‗iston va ular bilan qo‗shni bo‗lgan xorijiy mamlakatlarning XVI asrdagi 
tarkibi bo‗yicha asosiy manbalardan biri «Sharafnomayi shohiy»dir. U ko‗pincha 
«Abdullanoma» nomi bilan ham mashhur. Asar Shayboniy Abdullaxon II ning 
topshirigi bilan 1584-1590 yillar orasida yozilgan. 
Asar muallifi buxorolik mashhur shoir va muarrix Hofiz Tanish Ibn Mir 
Muhammad al-Buxoriydir. Uning hayoti va ilmiy-adabiy faoliyatiga oid 
ma‘lumotlar kam. Ma‘lumki, Abdullaxon Buxoroni 1557 yilda egallagan. Lekin 


122 
Movarounnahr faqat XVI asrning 80-yillari boshida batamom Abdullaxon qo‗liga 
o‗tadi. Bunga qaraganda Hofizi Tanish Buxoriy Abdullaxonning xizmatiga u otasi 
o‗rniga taxtga o‗tqazilgan yili – 1583 yil xonning yaqin kishisi Qulbobo 
Ko‗kaltoshning vositachiligi bilan kirgan. Agar u o‗sha paytda 36 yoshda bo‗lsa, 
unda Hofizi Tanish 1547 yili tug‗ilgan bo‗lib chiqdi. 
Hofiz Tanish boshda «Sharafnomayi shoxiy» asarini muqaddima ikki 
maqola va xotimadan iborat qilib yozishni rejalashtirgan edi. Muqaddima va har 
ikkala maqola yozilgan. Lekin, xotima yozilmay qolgan. 
Hofiz Tanish Buxoriy og‗ir bir zamonda, ya‘ni Movarounnahrda feodal 
tarqoqlik kuchaygan, Abdullaxon II ning mamlakatni birlashtirish va markaziy 
davlat apparatini mustahkamlash uchun tinimsiz urushlar olib borgan zamonda 
hayot kechirdi.
Asar mazmuniga o‗tishdan avval, shuni ham aytish kerakki, Hofizi Tanish 
Buxoriy zamon taqozosiga ko‗ra, asarda ma‘lum darajada hukmron sinfning 
maqsad va manfaatlarini ifoda qilishga harakat qilgan, xon va uning atrofidagi 
aslzodalarni boylar va no‗yonlarni ko‗klarga ko‗tarib maqtagan, mehnatkash 
xalqning hol-ahvoli bo‗lsa ko‗p o‗rinlarda soyada qolgan. Lekin asar faktik 
materialga boy, voqealar ozmi-ko‗pmi ob‘ektiv yoritilgan, ayrim o‗rinlarda xonlar, 
sultonlar va amirlarning ba‘zi xislati va xarakteri ham ochib berilgan. Masalan 
Olim Abdullaxonning bobosi Jonibek sulton haqida gapirar ekan, uni mo‗min-
musulmon, dinparvar va odil bir kishi sifatida ta‘riflaydi. Xullas, «Sharafnomayi 
shohiy» yirik shoh asar bo‗lib, uni Juvayniyning «Tarixi jahonkushoy» va 
Rashiddinning «Jome‘ut-Tavorix» asarlari qatoriga qo‗ysa ariziydi. Yirik 
sharqshunos olim V.V. Velyaminov-Zernov juda to‗g‗ri ishlasang unda o‗rganish 
lozim bo‗lgan shuncha ko‗p faktlar ochiladi. 
Muallif asarni yozishda xon saroyida yuritilgan maxsus kundaliklar, 
ishonchli va voqealarning shohidi bo‗lgan kishilar og‗zidan yozib olingan 
ma‘lumotlardan foydalangan. Masalan bir ikki misol. U 1551/52 yili Abdullaxon 
bilan Navro‗z Ahmadxon (Barakxon) o‗rtalarida Koson yonida bo‗lgan urush 
tavsilotini bayon etarkan, uni «o‗sha voqea tepasida bo‗lgan va uni o‗z ko‗zi bilan 
ko‗rgan bir guruh odamlardan eshitdim» deb yozadi. Hofiz Tanishning 
axborotchilari ko‗proq keksa va xonning yaqin kishilari bo‗lgan. Asarda bayon 
etilgan ko‗p voqealar muallifning ishtirok etgan va o‗z ko‗zi bilan ko‗rgan 
voqealaridir. Manbalarning bu qadar ishonchli bo‗lishi, shubhasiz, asarning 
qimmatini oshirgan.
Muqaddima Abdulxayrxonning naslu-nasabi, uning o‗sha zamonning yirik 
ruhoniylaridan xoja Muhammad Islomga muridligi, Chingizxon, Jo‗chixon, 
Muhammad Shayboniyxon haqida, shuningdek Movarounnahrning XV asr oxiri va 
XVI asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida qisqa ma‘lumot keltiriladi. 


123 
Birinchi maqola Movarounnahr, Janubiy Turkiston va Xuroson 1557-1583 
yillar orasida bo‗lib o‗tgan voqealar, ya‘ni Abdullaxon II davlatining tashkil 
topishidan to Abdullaxonning xonlik mansabiga o‗ltirishi va o‗z nomiga xutba 
o‗qitib, pul zarb ettirishigacha kechgan feodal urushlar orqasida mayda-mayda 
qismlarga bo‗linib ketgan Movarounnahrni o‗z tugi ostiga birlashtirib, markaziy 
davlat tuza olishga muvaffaq bo‗ldi. 
Ikkinchi maqola 1583-1588 yillar, ya‘ni Abdullaxon II ning taxtga 
o‗tirishidan to Hirotning uzoq muddat davom etgan qamaldan so‗ng Shayboniylar 
qo‗shini tarafidan fath etilishigacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga olgan. Shu davr 
ichida kechgan tarixiy voqealar batafsil va atroflicha bayon etilgan.
Asarda tarixiy voqealar bayoni bilan bir qatorda Buxoro xonligining 
ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, madaniy hayoti, shayboniylar davlati va qo‗shinining 
tuzilishi, Buxoro xonligining Eron, Turkiya, Hindiston, Sharqiy Turkiston va 
Rusiya davlatlari bilan olib borgan siyosiy va savdo aloqalari haqida ham qimmatli 
ma‘lumotlar berilgan. 
Xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli borasida keltirilgan ma‘lumotlar 
orasida «iqto», «suyurg‗ol», «tanho» va «jogir» feodal institutlari, ulus tartibi va 
uning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi mohiyati va urish, aholidan yigilladigan turli – 
tuman soliq va jarimalar: xiroj, (mol), ixrojat, tagar, ulufa, kunalga, begor, madadi 
lashkar, boj, tamg‗a, tansukot, tuhfa (sovg‗a, tortiq, hadya) va h.q. ma‘lumotlar, 
shuningdek, harbiy-feodal zodagonlar hayotida katta o‗rin tutgan harbiy o‗lja 
haqidagi ma‘lumotlar alohida qimmatga egadir. Asarda xonlar, yirik feodallar 
tarafidan Jizzax, Nasaf, Hisori, Shodmon, Jayxunning so‗l qirg‗og‗idagi 
viloyatlardagi ko‗rik yerlarning maxalliy aholini safarbar qilish yo‗li bilan 
(mardikor ishlatish yo‗li bilan) o‗zlashtirilishi, shahar suv omborlari, sardobalar 
qurilishi haqida ham ma‘lumotlar keltiriladi. Shuningdek, hunarmandchilikning 
umumiy ahvoli haqida ham ko‗p muhim ma‘lumotlar uchratamiz. 
Asarda shayboniylar davlatining tuzilishi haqida ham muhim ma‘lumotlar 
uchratish 
mumkin. 
Markaziy 
davlat 
boshqaruvi-devonlari 
turli-tuman 
mansabdorlar: otaliq, naqib, vaziri a‘zam, vazir, devonbegi, miroxur, chuxra 
og‗asi, mushrif, xazinachi, shig‗ovul, eshik og‗aboshi, parvonachi, sadr, tavochi, 
jarchi, munshiy, tug‗begi, bakavul, farrosh kabilari va ularning jamiyatda tutgan 
o‗rni, huquq va vazifalari haqida diqqatga molik ma‘lumotlar uchratamiz. 
Shayboniylar qo‗shini esa Hofiz Tanish Buxoriy keltirgan ma‘lumotlarga 
qaraganda, otliq va piyoda askarlar, shuningdek, o‗ziga xos zambarakchilaridan 
tashkil topgan. Uning asosiy qismini lashkar, ya‘ni harbiy yurish oldidan 
viloyatlardan to‗planadigan askarlar tashkil etgan. Asrkalar asosan, o‗q-yoy, nayza, 
qilich, gurzi va narvonlar bilan qurollangan. XVI asr o‗ratlariga kelib, shayboniylar 


124 
qo‗shinida asosan xorijiy mamlakatlardan keltirilgan pilta miltiqlari va kichik 
zambaraklar paydo bo‗ldi. 
Asarda mamlakatda XVI asrda ayniqsa uning ikkinchi yarmidan boshlab 
ilm-fan va madaniyat ham bir qadar rivojlanganligini ko‗rsatuvchi ma‘lumotlar 
bor. Fan va madaniyat xonlik poytaxti bo‗lmish Buxoroda ravnaq topdi. 
Birinchidan, Abdullaxon davrida shahar atrofi (6-7 km) masofada bo‗lgan Sumijon 
(Juybor) qishlog‗ini ham shaharga qo‗shib, uning janubiy-g‗arbiy tarafida yangi 
devor olinadi. Bundan tashqari, Abdullaxon II davrida faqat Buxoroning o‗zida 
emas, balki to‗rtta madrasa (Abdullaxon, Govkashon, Fatxulla, Qulibegi, Xoja 
Muhammad Parso madrasasi), yangi Chorsu (1570 y.), Karmana yaqinida 
Zarafshon ustiga ko‗priq (1582 y.) qurildi. Shahar markazida qurilgan Abdullaxon 
timi deb atalgan usti yopiq bozor esa nafaqat Movarounnahrda, balki butun 
jahonda mashhur bo‗ldi. Masjit, madrasa, karvonsaroylar, hamom va boshqa oliy 
binolar Samarqand, Toshkent, Balx singari katta shaharlarda ham qurildi. 
Xonlik shaharlarida ilm-fan, adabiyot va kitob san‘ati ham ravnaq topdi. Biz 
so‗z yuritayotgan «Sharafnomayi shoxiy» Amin Ahmad Roziyning «Haft iqlim» 
kabi qimmatli tarixiy asarlari va boshqalar Abdullaxon davrining mahsulidir. 
Asarda Buxoroda yashab ijod etgan ko‗plab ilohiyot olimlari, o‗zia xos va xattotlik 
va naqqoshlik maktabi shakllangani haqida ham muhim dalillar bor. 
Asarda Buxoro xonligining Eron, Hindiston, Turkiya, Qoshg‗ar, Rossiya va 
boshqa mamlakatlar bilan XVI asrda olib borgan elchilik, savdo va madaniy 
aloqalari haqida ham ilm-fan uchun o‗ta muhim ma‘lumotlar keltiriladi. Bu 
ma‘lumotlarda Buxoro xonligi va Hindiston o‗rtasidagi 1572, 1573, 1577, 1578, 
1586 yillari elchilik almashinuvi, 1583 yili Buxoro elchisining Moskvadan qaytib 
kelishi, 1584 yili Sharqiy Turkiston, Mog‗uliston Xorazm va Eron elchilarining 
Buxoroga kelishi, Turkiyalik mergan o‗qchilarning shayboniylar qo‗shinida xizmat 
qilishi haqidagi tavsilotlar zo‗r qimmatga ega. Umuman «Sharafnomayi shohiy»da 
keltirilgan bu va boshqa ma‘lumotlar Buxoro xonligining tashqi siyosatini 
o‗rganishda muhim manba bo‗lib xizmat qiladi. 
Hofiz Tanish Buxoriyning bu asarida Movarounnahr va uning hududlarida 
shuningdek Janubiy Turkiston XVI asrda istiqomat qilgan turk-mo‗g‗ul qabilalari: 
jaloir, nayman, qorluq, qipchoq, umuman 30 ta qabililar to‗g‗risida ma‘lumotlar 
keltiriladi.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin