117
nomi bilan mashhur bo‗lgan muhim asar muallifidir. Bu asar 1617 yilda yozilgan
va muqaddima, xotima va 80 bobdan iborat. Muqaddima qismida Abdulazizxon va
Subhonqulixon davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy
ahvoli qisqa tarzda
bayon qilingan. 1-80 boblarda, yuqorida aytilgandek Buxoro xonligining qariyb 15
yillik (1702-1716 yy.) ijtimoiy-siyosiy tarixi batafsil yoritilgan. Muallif asarda yer
egaligi; aholidan olinadigan soliq va jarimalar, Buxoro xonligining davlat tuzumi;
tarqoqlikning kuchayishi, mamlakat boshiga tushgan
iqtisodiy qiyinchiliklar va
uning sabablari kabi misollarga ham keng o‗rin berilgan. Undan tashqari,
asarda
geografik va etnografik ma‘lumotlar ham ko‗p. «Ubaydullanoma»ning 10 dan ortiq
qo‗lyozma nusxasi mavjud. Asar to‗la ravishda rus tiliga tarjima qilingan
(A.A.Semyonov) va 1957 yilda nashr etilgan.
Abdurahmon Davlat
. Ubaydullaxon va Abulfayzxon (1711-1747 yy.)
saroyida
xizmat qilgan munajjim, shoir va tarixshunos olim. Abdurahmon Davlat
«Tarixi Abulfayzxon» nomli tarixiy asar yozib qoldirgan.
Mazkur asar hajmi
jihatidan kichik (161 varaq) bo‗lib, yuqorida zikr etilgan «Ubaydullanoma»ning
davomi hisoblanadi va Buxoro xonligining 1711-1723 yillar orasidagi tarixini o‗z
ichiga oladi. Ma‘lumki, XVIII asrning birinchi choragida Buxoroning iqtisodiy va
siyosiy ahvoli yanada zaiflashadi,
ulus boshliqlarining, ya‘ni mahalliy
hukmdorlarning
mustaqillik harakati kuchaydi, ularning ayrimlari (masalan Balx
va Samarqand) markaziy hokimiyatga bo‗ysunmay qo‗ydilar; Farg‗ona XVIII asr
boshlarida 1709 yil Ashtarxoniylar davlatidan ajralib chiqdi va bu o‗lkada mustaqil
Qo‗qon xonligi tashkil topdi: 1722 yilda Samarqandda mustaqillik e‘lon qilindi va
Rajabxon ismli shaxsni xon deb e‘lon qildilar (1722-1728yy.), o‗zaro
kurashlar
boshlanib ketdi. «Tarixi Abulfayzxoniy» mana shu masalarni keng yoritib bergan.
Bundan tashqari, asarda Buxoro xonligining davlat tuzumi va o‗zbek
xalqining
etnik tarkibi ham ayrim diqqatga sazovor faktlar va ma‘lumotlar bor.
«Tarixi Abulfayzxoniy»ning to‗la ruscha tarjimasi zarur izohlar bilan 1959
yilda A.A.Semyonov tomonidan nashr qilingan.
Dostları ilə paylaş: