O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   112
Kamoliddin Binoiy
o‗z davrining yirik shoiri bo‗lish bilan birga yirik 
tarixshunos olim ham edi. Binoiyning to‗liq ismi – Ali ibn Muhammad al-
Xarafiy. 1453 yilda Hirot shahrida me‘mor ustod Muhammad Sabz oilasida 
dunyoga keldi. Uning yoshligi, butun ongli hayoti og‗ir bir zamonda – Xurosonda 
feodal qarama-qarshiliklar va temuriylarning toju-taxt uchun kurashi nihoyatda 
kuchaygan bir davrda kechdi. Qora quyunlular sulolasidan chiqqan Jahonshoh 
(1438-1468 yy.) Shohrux vafotidan so‗ng mamlakatda kuchayib ketgan 
ixtiloflardan foydalanib, Fors viloyatida hokim bo‗lib turgan o‗g‗li Pir Budoq 
Sulton bilan birgalikda Xurosonga bostirib kirdi va Xurosonni egalladi. Lekin ko‗p 
o‗tmay, sulton Abu Saidning tazyiqi ostida u bilan sulh tuzib, mamlakatni 
bo‗shatib chiqishga majbur bo‗ldi. 
Alisher Navoiy, Bobur va Xondamirlarning guvohlik berishlaricha, Binoiy 
o‗z davrining keng ma‘lumotli kishilardan bo‗lgan. Ular Kamoliddin Binoiyni 
yetuk shoir, ilohiyot va insho olimi, musiqashunos va iste‘dodli muarrix sifatida 
ta‘riflanganlar. 
U 1495 yilda Samarqandga keladi. Binoiy Samarqandga kelganidan keyin, 
dastlab Xoja Ubaydulloh Ahrorning ikkinchi o‗g‗li Xoja Qutbiddin Yahyo 
xizmatiga o‗tadi, 1500 y. iyul oyida, ya‘ni Samarqand Shayboniyxon tomonidan 


115 
ishg‗ol etilgandan so‗ng, u o‗zbek xonining xizmatida bo‗ladi. Binoiy 1512 yilda 
Qarshida qizilboshlilar bilan bo‗lgan urushda halok bo‗ladi. 
Kamoliddin Binoiy «Shayboniynoma» nomli muhim tarixiy asar yozib 
qoldirgan. Asarda Dashti Qipchoqda XV asrning so‗nggi choragi va 
Movaraunahrda XVI asrning boshlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqelar 
haqida hikoya qilinadi. 
Yaqin vaqtlargacha «Shayboniynoma» O‗zbekiston Respublikasi Fanlar 
Akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan yagona nusxa 
hisoblanib kelingan. Bu noyob nusxa hisoblanadi va Shayboniyxonning shaxsiy 
kotibi Mirza Muhammad Munshiy tomonidan ko‗chirilgan. Shuni ham alohida 
qayd etib o‗tish kerakki, uning ba‘zi varaqlarini Shayboniyxon o‗z qo‗li bilan 
ko‗chirgan, lekin ko‗p tekshirishlardan so‗ng, bu nusxa «Shayboniynoma»ning 
qisqartirilgan nusxasi bo‗lib chiqdi. Asarning to‗la nusxasi 1965 yilda Bo‗riboy 
Axmedov tomonidan aniqlandi. Uni «Shayboniynomaning noma‘lum naqli» deb 
atadi. 
Asarning kengaytirilgan naqli, birinchidan, faqat 1500 yilgacha bo‗lgan davr 
voqealarini o‗z ichiga oladi, ikkinchidan og‗ir uslubda yozilgan, unda ortiqcha 
she‘riy parchalar ham ko‗p. 
«Shayboniynoma» to‗la naqlining tili va uslubi og‗ir bo‗lishiga qaramasdan, 
uning qisqa naqlidan afzal tomonlari ko‗p. Unda voqealar bir tartibda to‗la-tekis 
yoritilgan bo‗lib, qisqa naqldagi nusxada uchramaydigan ilm-fan uchun ham 
muhim yangiliklar bor. 
Agarda Shayboniyxon va ko‗chmanchi o‗zbeklarning 1499 yilda 
Shayboniyxon Samarqandni olmasdan oldin, Nasaf va Kesh viloyatlari ustiga 
qilgan harbiy yurishlari haqida keltirilgan ma‘lumot ham diqqatga sazovordir. 
«Shayboniynoma»ning kengaytirilgan naqlida Samarqanddagi Mirzo Ulug‗bek 
rasadxonasining XV asr oxiri va XVI asr boshlaridagi, ya‘ni Ulug‗bek o‗limidan 
50 yil keyingi ahvoli haqida ham qimmatli ma‘lumotlar uchratamiz. Bu yerda 
aytishlaricha rasadxona o‗sha vaqtda ham bus-butun bo‗lgan va «Ko‗hak 
tepaligida, Obi Rahmat bo‗yida ulug‗vor savlat to‗kib turgan». Rasadxonani Bobur 
ham Samarqandda bo‗lganida ko‗rgan edi. Binoiy keltirgan ma‘lumtalar Ulug‗bek 
rasadxonasi haqida «Boburnoma»da aytilgan gaplarni tasdiqlaydi. Bu esa 
rasadxona Mirzo Ulug‗bekning fojeali o‗limidan keyin, Xoja Ahror tarafdorlari 
tomonidan buzib yuborilgan degan gaplarning g‗irt uydirma ekanligini tasdiqlaydi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin