110
tinimsiz urushlar tufayli xalqning yelkasiga tushgan og‗irliklar xususida ayrim,
lekin diqqatga sazovor faktlarni uchratish mumkin. Masalan, asarda o‗z aksini
topgan 1498 yili Samarqand qamali vaqtidagi shahar xalqining ayanchli ahvoli,
1512 yili Qarshi xalqining qizilboshlar va Buxoro qo‗shini tarafidan qirg‗in
qilinishi, 1512-1514 yillari Xurosonda yuz bergan ocharchilik
haqidagi xabarlar
shular jumlasidandir. Bundan tashqari, «Habib us-siyar»da muhim ijtimoiy-
iqtisodiy masalalarga oid, masalan,
yer egaligi, tarxonlar va suyurg‗ol egalari va
ularning jamiyatda tutgan o‗rni, zulm, Temuriylar davlatining ma‘muriy tuzilishi
haqida qimmatli ma‘lumotlar bor.
Mirxond.
Mir Muhammad ibn Sayid Burhoniddin Xavandshoh ibn
Kamoliddin Mahmud al-Buxoriy O‗rta asr tarix fanining ko‗zga ko‗ringan
namoyandalaridan biridir. Ota-bobolari asli Buxorolik bo‗lib,
faqh ilmida
zamonasining yetuk olimlari sifatida mashhur bo‗lganlar. Mirxond 1433 yilda
Balxda tug‗ildi, lekin umrining ko‗p qismini Hirotda o‗tkazdi.
Mirxond o‗zining «Ravzat us-safo» asarida muqaddima, xotima va yetti
jilddan iborat: 1) Dunyoning yaratilishidan to Sasoniy Yazdijard III (623-651 yy.)
davrigacha o‗tgan
ijtimoiy-siyosiy voqealar; 2) Muhammad payg‗ambar va xalifa
Roshiddin davrida bo‗lib o‗tgan voqealar; 3) O‗n ikki imom tarixi: Umaniya va
Abbosiya
xalifaligi; 4) Abbosiylar bilan zamondosh sulolar; 5) Chingizxon va
uning avlodi; 6) Amir Temur va uning zamonidan to Sulton Abu Said o‗limigacha
(1469y.) bo‗lib o‗tgan voqealar; 7) Sulton Husayn va avlodining tarixidan iborat.
Dostları ilə paylaş: