O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik


Arxeologiya sohasiga qiziqishning ortishi



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   112
 
Arxeologiya sohasiga qiziqishning ortishi. 
Chor hukumati, ularning harbiy 
va tashqi ishlari vazirligi Rossiya Akademiyasiga to‗ppa-to‗g‗ri buyurtma va 
ko‗rsatma berib, Turkistonni har jihatdan ilmiy o‗rganish, nihoyat hukumat uchun 
talab etilgan ilmiy xulosalar berish vazifasini yukladi, shuni xolisona baholash 
lozimki, Rossiyadan safarbar etilgan taniqli olimlar ikki guruhga bo‗linadi. 
Ularning birinchi guruhiga mansub olimlar o‗z hukumati topshirig‗ini bajarib, 
o‗lkaning behisob boyliklarini o‗zlashtirish, tezroq tashib ketishda jonbozlik 
ko‗rsatganlar kirar edi. Ikkinchi guruh Turkiston o‗lkasi, xalq hayoti, yer osti va 
yer usti boyliklarini haqiqiy ilm-fan nuqtai nazaridan o‗rganib, fan ravnaqiga katta 
hissa qo‗shish, jahon xalqlarini o‗lka hayoti, madaniyati, tabiatiga doir noyob sir-
sinoatlari bilan tanishtirishdek olimlik burchini bajaruvchilardan iborat edi. Ammo 
bunday toifali olimlar barmoq bilan samarli darajada kam bo‗lib, hatto eng taniqli 
rus olimlari ham mustamlakachilik g‗oyalar va bosqinchilik urushlariga moyillik 
bildirar edilar. 
Vijdoni va ilmiy haqiqatga xilof ish qilishni istamagan rus ilg‗or olimlari 
o‗lkada ilmiy faoliyatlarini davom qildilar. Aksincha, chor hukumati ijtimoiy-
tarixiy fanlar oldiga reaksion ruhdagi tub joy xalqlari turmush tarzini etnik jihatdan 
o‗rganish, urug‗lar o‗rtasidagi munosabatlarni o‗rganib, mazkur xalqlarni idora 
qilishda foydalanish vazifasi qo‗yildi. Rus arxeologlari oldiga oltin, kumush va 
boshqa turdagi noyob manbalarni aniqlab, ularni Rossiyaga zudlik bilan jo‗natish 
choralarini ko‗rish vazifalari turar edi. 
Har bir mutaxassis O‗rta Osiyoda nimani qo‗lga kiritish va uni Rossiyadagi 
qaysi ilmiy yoki davlat yuqori tashkilotlariga jo‗natish kerakligi to‗g‗risidagi 
yo‗riqnomalarga ega edilar. Shuning uchun o‗lkada turli soha mutaxassislari 
tashlandi. Ular mazkur yo‗riqlar asosida ish ko‗rib, nodir zargarlik, miskorlik, 
duradgorlik, naqqoshlik, xattotlik, muhrxonlik, numizmatika va boshqalarga oid 
buyumlar namunalarini yig‗ishga kirishib ketdilar. 
Ular bunday keng ko‗lamli ishda mahalliy ziyolilar yordamiga tayandilar. 
Shunga ko‗ra ko‗plab mahalliy ziyoli kishilar ham bu ishlarga jalb etildilar. Rus 


157 
olimlari ularni tuzilayotgan turli ilmiy jamiyatlarga a‘zo qilib oldilar. Masalan: 
arxeologiya jamiyatiga a‘zo qilingan Toshkentlik savdogar Akrom Asqarov 
tangashunoslik sohasidagi bunga yaqqol misol bo‗ladi. Uning faoliyati rus 
arxeologiya jamiyati tomonidan kumush nishon bilan taqdirlandi. U tanlangan 14 
mingdan ziyod nodir oltin, kumush, mis tangalar va 200 ga yaqin noyob antiqalar 
Peterburg Ermitajidan o‗rin olgan. 
Shayboniyxon madrasasida mudarrislik qilgan Abu Said Maxsum ham 
qadimgi buyumlar havasmandi va to‗plovchisi bo‗lgan. I.I.Vasilevskiy so‗ziga 
qaraganda, Mirza Abu Said Maxsum mahalliy kishilar o‗rtasida «musulmon 
adabiyotida eng o‗qimishli kishilardan biri» bo‗lgan. Bu o‗qimishlilik uning o‗z 
qadrdon shahrining o‗tmish tarixi, tarixiy-madaniy yodgorliklarini bilishga bo‗lgan 
samimiy munosabati bilan qo‗shilib ketgan va fors yozuvi, tilini mukammal bilgan 
Abu Said Samarqandiyning tarixiy, me‘moriy yodgorliklarda saqlanib qolingan va 
o‗qish ancha qiyin bo‗lgan yodgorliklardan nusxa olishda muvaffaqiyatli ravishda 
sinab ko‗rdi. Vyatkinga rasadxonaning aniq geografik o‗rnini Abu Said 
ko‗rsatgan bo‗lib, qazish ishlari boshlangan edi. 
Mirza Abdulla Buxoriy kasbi bo‗yicha savdogar bo‗lib, mahalliy ipak, jun, 
hamda ip-gazlama buyumlari fabrikasining xo‗jayini edi. 1878 yil u Toshkentda 
ko‗rgazma tashkil etishda ishtirok etadi va ko‗rgazmaga xonatlas, turli rangdagi 
ayollar bosh kiyimlari va har xil ro‗mollardan iborat noyob to‗plam taqdim etadi. 
Mirza Abdulla savdogar Muhammad Shokir bilan birga «ipak buyumlari ishlab 
chiqarish ancha takomillatirilgani va kengaytirilgani» uchun oltin nishonga 
sazovor bo‗ladi. U 1886 yil Turkiston ko‗rgazmasida qatnashdi. N.I.Vaselovskiy 
Mirza Abdulla noyob to‗plamini ko‗rib chiqib, undan 1202 ta buyum, shu 
jumladan 11 ta tillo va 77 ta kumush tanga, 951 dona chaqa, 18 ta muhr hamda 
odamlar, hayvonlar va boshqa narsalar tasvirlangan 6 ta nodir tosh sotib olgan… 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin