O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti


Gazeta tilida leksik me’yor muammolari



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə28/106
tarix27.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#149763
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106
Gazeta tilida leksik me’yor muammolari
So‘z tanlash va uni jumlaga mos holda qo‘llash materialni tushunarli, mazmunli, aniq, ta’sirchan tarzda gazetxonga etkazishning muhim shartidir. So‘z qo‘llash muammosi ko‘pdan buyon tilshunos olimlar, matbuotchilar nazarida bo‘lib kelmoqda.
Gazeta tilida leksik me’yor talablari quyidagi hollarda buzilmoqda:
1. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasining muhokamasi davrida boshlangan harakat - ruscha-baynalmilal so‘zlarni turkiy, o‘zbekcha, fors-tojikcha, arabcha so‘zlar bilan almashtirish, yangi so‘z va terminlar ijod qilish bilan bog‘liq holatning ta’siri hamon davom etmoqda. Gazetalarda so‘z va terminlarni qo‘llashda turli xillik mavjud. Ko‘pchilik tomonidan noto‘g‘riligi izohlangan, asoslangan, keng iste’moldan tushib borayotgan ayrim so‘zlar gazetalarda variant sifatida ishlatilmoqda. M., oliygoh, tayyoragoh, aeroqo‘nalg‘a, ro‘znoma, muzofot kabilarning asosiy dubletlari keng iste’molda bo‘lishiga qaramay, ular parallel holda gazetalarda uchramoqda. Misol: O‘zbekiston muzofot-larining vakillari o‘ziga xos kamalak misol etti xil rangli milliy libosda sahnaga kirib keladilar. Zero, O‘zbekistonda har bir viloyatning o‘ziga xos san’ati bor (XS.,1.09.98).
2. Gazetalarda ayrim tushunarsiz, izohtalab so‘zlarning qo‘llanilish holatlari uchramoqda. M.: Tahlilchilar uning ildizlarini izlashmoqda, kuzatuvchilar terakt oqibatlarini bayon etishayapti (XS.,4.12.02). Ulug‘bek rasadxonasida janob Prezident menga usturlobni ko‘rsatdi (XS.,30.01.98). Faqat nodonligi bois kimlarningdir otgan o‘qiga aylanganlar. Manqurt bo‘lib, zombi bo‘lib, odamzot kushandasiga aylanganlar (XS.,20.11.01). Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi targ‘ibotda ham bosh tamoyil pragmatizm bo‘lmog‘i kerak (XS.,8.11.02). Biroq bu charxidunda o‘zligimizni asragan holda taraqqiyot, fan ummoniga hech qachon qurimas daryodek quyilguvchi xalq bo‘lib qolamiz (D.,22.11.01). UEFA vakillari, agar shu holat yana takrorlanadigan bo‘lsa, «Sparta» klubi o‘yingohini ham diskvalifikatsiya qilishlarini ta’kid-lashdi. Uning tarkibiga 15 ta qo‘shiq kiritilgan bo‘lib, shundan ikkitasi «eski» qo‘shiqlarning yangilangan «shakli»: «Qurbon bo‘laman» va «Faryod»ning remixlari (D.,22.11.01).
3. So‘zlarni dialektal shaklda ishlatishga e’tibor ba’zan oshib bormoqda. M.: Huv anavi o‘spirin mast bo‘lib oyoqqa turolmay qolgan otasini suyab kelayotgani – o‘sha otaga, oilaga, mahallaga, millatimizga isnod emasmi? (Z.,13.02.01). Leksik-stilistik norma buzilishlarining‘ aksariyati ham so‘z qo‘llash bilan bog‘liqdir.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin