O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
OʻZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
-
ROʻYXATGA OLINDI
№ ______________
2021-у “____” ________
|
«TASDIQLAYMAN» Samarqand davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori: ___________ prof. A.Soleyev _______________2021 -y
|
-
Bilim sohasi:
|
100000 – Gumanitar soha
|
Ta’lim sohasi:
Ta’lim yo‘nalishi:
Mutaxassislik:
|
120000 – Gumanitar fanlar
Magistratura
70230101 – Lingvistika (o‘zbek tili)
|
«OʻZBEK TILSHUNOSLIGINING DOLZARB MUAMMOLARI»
fanidan
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
-
Tuzuvchi:
|
SamDU filologiya fakulteti, Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Sh.S.Mahmadiyev
|
Kafedra mudiri:
Fakultet dekani:
|
dots. Sh.S.Mahmadiyev
prof. A.B.Pardayev
|
SAMARQAND – 20201
MUNDARIJA
SILLABUS (FAN DASTURI).............................................................3
FANNING NAZARIY QISMI……………………………………….16
AMALIY VA SEMINAR MASHG’ULOTLAR
ISHLANMASI VA USLUBIY TAVSIYALAR.............................160
MASHQLAR VA TOPSHIRIQLAR TOʻPLAMI…………………171
FAN BOʻYICHA TARQATMA MATERIALLAR........................177
FAN BOʻYICHA NAZORAT MATERIALLAR............................184
GLOSSARIY………..………………………………………………195
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
SAMARAQAND DAVLAT
UNIVERSITETI
|
|
Roʻyxatga olindi:
№
2021- yil “__”________
|
“TASDIQLAYMAN”
SamDU rektori:
_____________ R.I.Xalmuradov
2021 - yil “__”________
|
OʻZBEK TILSHUNOSLIGINING DOLZARB MUAMMOLARI
FAN DASTURI
-
Bilim sohasi
|
100000 – Gumanitar soha
|
Ta’lim sohasi
|
120000 – Gumanitar fanlar
|
Ta’lim yo‘nalishi
|
70230101 – Lingvistika (o‘zbek tili)
|
Fan/modul kodi
OʻTDMT4007
|
Oʻquv yili
2021-2022
|
Semestr
2
|
ECTS – Kreditlar
6
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Taʼlim tili
Oʻzbek
|
Haftadagi dars soatlari
____
|
1.
|
Fan nomi
|
Auditoriya mashgʻulotlari (soat)
|
Mustaqil taʼlim (soat)
|
Jami (soat)
|
Oʻzbek tilshunosligining dolzarb muammolari
|
60
|
120
|
180
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
O‘zbek formal (an’anaviy) tilshunosligi zaminida shakllangan, taraqqiyot yo‘lini tanlagan va belgilangan maqsad asosidagi vazifalarini muvaffaqiyatli ado etgan o‘zbek substansial tilshunosligining hozirgi holati fanimizda yangi yo‘nalishlarning shakllanishini taqozo qilmoqda. Ular diqqat markazida “lison-nutq” masalasini turli daraja va ko‘rinishda namoyon qiluvchi “til va jamiyat”, “til va madaniyat”, “til va shaxs”, “milliy til va milliy tafakkur”, “til va sun’iy intellekt” kabi substansial asoslarda hal qilinuvchi muammolar turadi. Jahon tilshunosligida XX asr so‘ngida shakllanib, jadal rivojlanayotgan fanning yangi paradigmalari – lingvopragmatika, psixolingvistika, lingvokulturologiya, lingvokog-nitologiya, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi kabi ilg‘or fan yo‘nalishlari aynan shu masalalar tadqiqi bilan shug‘ullanmoqda.
Istiqlol tufayli o‘zbek tilshunosligi tom ma’noda mustaqil milliy fan sifatida o‘zini namoyon qildi. Eng muhimi, tilimizning milliy tabiatiga to‘laqonli ilmiy-nazariy baho berildi. Qo‘lga kiritilgan nazariy yutuqlar til qurilishini o‘rganishdan uning voqelanish xususiyatlarining keng qamrovli tadqiqiga o‘tish uchun katta imkoniyatdir. Bu esa o‘zbek tilini yangi va zamonaviy, ilg‘or va samarador tadqiq usullari asosida tekshirishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Ushbu kursda o‘zbek tilshunosligining yangi asrda hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolari o‘rganiladi.
|
Dostları ilə paylaş: |