II. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. O‘zbek tilshunosligi taraqqiyot bosqichlari.
XX asrgacha bo‘lgan o‘zbek tilshunosligi maqsad va vazifalari, yutuqlari. Ilk empirik tilshunoslikning maqsad va vazifalari, yutuqlari. O‘zbek nazariy tilshunosligi maqsad va vazifalari, yutuqlari.
2-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni ijrosini ta’minlash va muammolar hamda ularning yechimi. Davlat tili maqomi berilishining zarurati. Davlat tilida ish yuritishdagi muammolar.Ta’lim jarayonida davlat tiliga e’tibor. Ommaviy axborot vositalarida davlat tili va muammolar. Davlat tili va so‘zlashuv madaniyati muammolari. Davlat tili mavqeini oshirish sohasidagi ilmiy va amaliy tadqiqotlarning holati.
3-mavzu. O‘zbek tilining lingvokulturologik tadqiqi muammolari.
Til va madaniyat mushtarakligi. Til madaniyatning tarkibiy qismi sifatida. Til madaniyat ifodalovchisi va tashuvchisi sifatida. Tilning nisbiy mustaqilligi. Madaniyatlar dialogida tilning funksiyasi. Til birligining madaniy semasi masalasi. Etnik madaniyat va muloqot madaniyati muammolari.
4-mavzu. O‘zbek tilining milliy korpusini yaratish muammolari.
Korpus. Bir tilli va ko‘p tilli korpuslar haqida. Rossiya va g‘arbda korpus yaratish masalasi. O‘zbek tili korpusini yaratish muammolari va vazifalari. Korpus tahlil (korpus analiz) yo‘nalishi.
5-mavzu. O‘zbek tilining neyrolingvistik va sotsiopragmatik tadqiqi muammolari. Neyrolingvistik dasturlar haqida. Mavzuda tilning mislsiz qudrati haqida buyuk kishilarning fikrlari. Atoqli shaxs-larning tinglovchiga ta’sir qilishda til imkoniyatlaridan foydalanish mahorati. Nutqiy vaziyat tushunchasi. Nutq vaziyati va nutq. Nutqning sotsial xususiyati va nutq vaziyati. Nutqning sotsiopragmatik sistema ekanligi. Til va shaxs.
6-mavzu. O‘zbek tilini lingvokognitiv o‘rganish muammolari.
Konsept tushunchasi. Tushuncha va bilim. Bilim ssenariysi. Kognitiv tadqiq terminologiyasi haqida. Kognitiv tadqiq metodologiyasi.