7-mavzu. O‘zbek tilining psixolingvistik tadqiqi muammolari.
Nutq faoliyati haqida. Nutq(bayoni) psixologik jarayon sifatida. Nutqning qabul qilinishi psixologik jarayon sifatida. Stereotip tushunchasi. Psixolingvistik eksperimentlar.
8-mavzu. Tilshunoslik va til o‘qitish muammolari.
Til ta’limi maqsadi, vazifasi, mazmuni va vositalari. Til ta’limi bosqichlari va ularning o‘ziga xos vazifalari.
9-mavzu. O‘quv lug‘atchiligi.
O‘quv lug‘atlariga ehtiyoj. O‘quv lug‘atchiligi tarixi. Zamonaviy o‘quv lug‘atchiligi. O‘zbek o‘quv lug‘atchiligi. Yutuqlar va muammolar.
10-mavzu. Nutq madaniyatini o‘rganishning zamonaviy konsepsiyasi. Ommaviy axborot vositalarida nutq madaniyati. Ushbu muammoning o‘rganilishi, yutuqlar va vazifalar.
III. Amaliy (yoki seminar yoki laboratoriya) mashgʻulotlar boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar. III.1. Amaliy mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. O‘zbek tilshunosligi taraqqiyot bosqichlari. Davrlarga mos tegishli manbalar tahlili.
2. O‘zbek tilining lingvokulturologik tadqiqi muammolari. Milliy va o‘zga madaniyatni aks ettiruvchi matnlar tahlili.
3. O‘zbek tilining sotsiopragmatik tadqiqi muammolari. Matnning sotsiopragmatik tadqiqi.
4. O‘zbek tilini lingvokognitiv o‘rganish muammolari. So‘z, tushuncha va konsept.
5. O‘zbek tili konseptlarini manbalar asosida lingvokognitiv tahlil qilish.
6. O‘zbek tilining psixolingvistik tadqiqi muammolari. Nutq hosil qilish jarayoni tahlili.
7. O‘zbek tilining sotsiolingvistik tadqiqi muammolari. Nutqni qabul qilish jarayoni tahlili.
8. So‘z ma’nosining leksikografik talqini muammolari. Lug‘atlarni qiyosiy tahlil qilish.
III.2. Seminar mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. O‘zbek tilshunosligi taraqqiyotining XX asr bosqichi vazifalari. (Ilmiy va o‘quv adabiyotlar obzori asosida)
2. O‘zbek tilshunosligi taraqqiyotining XXI asr bosqichi vazifalari. (Ilmiy va o‘quv adabiyotlari obzori asosida).
3. Til va madaniyat mushtarakligi masalasining ilmiy adabiyotlardagi talqini.
4. Ommaviy axborot vositalarida nutq madaniyati masalalarining o‘rganilishi va muammolar.