O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Edit boshqarish ob’yektining boshqa xossalari



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   173
2. Edit boshqarish ob’yektining boshqa xossalari. 
Edit 
ob’yektiningyana bir foydali xossasi MaxLength deb ataladi. Uning 
yordamida maydonchaga kiritiladigan matn satri uzunligini chegaralash 


182 
mumkin. Masalan, maydonchaga o‘quvchining tug‘ilgan yili kiritilishi 
kerak bo‘lsa, MaxLengthni 4 ga teng qilib olish ko‘p hollarda unga 
adashib boshqa ma’lumotlarni kiritib yuborishning oldini oladi.
Edit ob’yektining yana bir foydali xossasi Font bo‘lib, uning 
yordamida maydonchaga kiritiladigan matn uchun shriftni, shrift 
o‘lchami, rangi va shriftning yana bir qator xossalarini o‘rnatish 
mumkin. Bu xossa boshqa ob’yektlarda, masalan, Form ob’yektida ham 
bor. Agar biz shriftni ilova oynasi uchun o‘rnatsak, u ilova oynasidagi 
barcha ob’yektlarga ham ta’sir qiladi. Buning oldini olish kerak bo‘lsa, 
ilova oynasidagi ob’yektning ParentFont (ajdodi shrifti) xossasining 
qiymatini rostdan yolg‘onga o‘tkazish lozim.
Editning yana bir foydali mantiqiy xossasi AutoSize (o‘lchamni 
avtomatik tanlash) bo‘lib, maydonchaga kiritilayotgan matn ko‘paygan 
sari maydoncha o‘lchami kattalashib borishini ta’minlaydi. Agar bunda 
maydoncha yonidagi boshqa ob’yektlarni berkitib qo‘ymasligi kerak 
bo‘lsa, bu xossa qiymatini rostdan yolg‘onga o‘tkazish kerak bo‘ladi.
Kiritish maydonchasi foydalanuvchining parolini kiritish uchun 
mo‘ljallangan bo‘lsa, parolni boshqalar ko‘rmasligi uchun u boshqa 
belgi, masalan, “*” bilan almashtiriladi. Edit da bu imkoniyat ham 
ko‘zda tutilgan. Uning PasswordChar xossasi maydonchaga kiritilgan 
harflar almashtiriladigan belgining tartib raqami (32–127)ni bildiradi. 
Dastlab u #0 ga teng va u kiritilgan harf boshqasiga almashtirilmasligini 
bildiradi. Agar biz uni #42 bilan almashtirsak, maydonchaga kiritilgan 
harflar o‘rniga “x” harfi aks etadi. #42 o‘rniga bevosita ekranga 
chiqarilishi kerak bo‘lgan belgini kiritish ham mumkin. Masalan, “-“, 
“+”, “*”, “.”.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin