181
Label2.Caption:=’Oynaning_eni:’+inttostr(Form1.Width);
Ilovani ishga tushiramiz va uning ishlashini kuzatamiz:
1.Ilovaga matn satrini kiritish. Edit boshqarish ob’yekti va
uning xossalari.
Har qanday ilova ma’lumotlarni chiqarishi bilan birga
unga ma’lumotlarni kiritish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Delphi
muhitida buning eng sodda usuli ilova oynasiga Edit (Kiritish
maydonchasi) boshqarish ob’yektini kiritishdir. Bu ob’yekt boshqarish
ob’yektlarining standart panelida oltinchi bo‘lib
joylashgan va uning
yorlig‘i .
Bu ob’yektning ko‘plab xossalari ilova oynasi ob’yekti Form niki
kabi. Unda ham Left, Top, Width, Height xossalari bor.
Unda Caption
xossasi yo‘q. Shuning uchun u odatda Label ob’yekti bilan birga
ishlatiladi. Uning asosiy xossasi Text (Matn) bo‘lib, unga kiritilgan matn
satri shu xossada saqlanadi. Agar bu xossaga
biron bir matn satri
qiymatini bersak, bu satr uning kiritish maydonchasida aks etadi.
Kiritish maydonchasi ob’yektining yana bir muhim xossasi
ReadOnly (faqat o‘qish uchun) deb ataladi. Bu xossaning qiymati
mantiqiy kattalik bo‘lib, faqat True (rost) yoki False (yolg‘on)ni
qabul
qiladi. Dastlab bu xossa qiymati False (yolg‘on) deb o‘rnatilgan. Shu
sababli unga ma’lumotlarni kiritish mumkin.
Agar bu xossa qiymati True (rost) ga o‘zgartirilsa, u holda unga
foydalanuvchi tomonidan ma’lumot kiritib bo‘lmaydi. Lekin ilova
undagi ma’lumotlarni o‘zgartira oladi.
Bu nimaga kerak, degan savol
tabiiy. Edit ob’yekti Labeldan farqli ravishda ramkaga olingan va unga
kiritilgan ma’lumot chiroyliroq ko‘rinadi. Agar biz undan ma’lumot
chiqarish uchun foydalanmoqchi bo‘lsak, bu ma’lumot
foydalanuvchi
tomonidan o‘zgartirmasligini ta’minlashimiz kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: