O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   173
Image va Shape ob’yektlari. 
Delphida grafika bilan ishlash 
uchunmaxsus boshqarish ob’yektlari bor. Ular Image (rasm, tasvir) va 
Shape (shakl) bo‘lib, ob’yektlar panelining Additional (qo‘shimcha) 
jildida joylashgan:
Bu ob’yektlarning Canvas (polotno) ob’yektlarida xossa, usul va 
ajdod ob’yektlar yordamida grafika yaratiladi. Canvasning asosiy ish 
qurollari Pen (qalam) va Brush (cho‘tka) bo‘lib, ulardan birinchisi 
yordamida chiziqlar chiziladi. Ikkinchisi esa sohalarni bo‘yashda 
ishlatiladi.
Pen (qalam) ning xossalaridan asosiylari Width (eni), Style (stili) 
va Color (rangi) lardir. Image1.Canvas.Pen.Width:=5; operatori qalamda 
chiziladigan chiziq kengligini 5 pikselga teng qilib o‘rnatadi.


193 
Style xossasi chiziladigan chiziqlarning ko‘rinishini o‘zgartiradi. U 
quyidagi qiymati oldindan aniqlangan o‘zgarmaslardan biriga teng 
bo‘lishi mumkin:
1.psSolid – uzluksiz (oldindan o‘rnatilgan). 
2.psDash – shtrix (mayda kesmachalar). 
3.psDot – (nuqtalar). 
4.psDashDot – kesma va nuqta. 
5.psDashDotDot – kesma, nuqta va nuqta. 
6.psClear – ko‘rinmas. 
Qalam stilini o‘zgartiruvchi operator
Image1.Canvas.Pen.Style:=psDash; kabi bo‘ladi.
Pen (qalam) ning Color (rang) xossasi chiziladigan chiziqning 
rangini belgilab beradi. bu xossada ham oldindan berilgan 
o‘zgarmaslardan foydalanish mumkin. Masalan, clBlack (qora, oldindan 
o‘rnatilgan), clWhite (oq), clBlue (ko‘k), clGreen (yashil), clRed (qizil), 
clYellow (sariq), clBrawn (jigar rang), clGrey (kul rang), clSilver 
(kumush rang, clAqua (havo rang) va yana o‘nlab o‘zgarmaslar mavjud. 
Image1.Canvas.Pen.color:=clRed; operatori chiziladigan chiziq 
rangini qizilga o‘zgartiradi. Delphi da 16 milliondan ortiq ranglardan 
foydalanish mumkin. Bu ranglarning barchasa uchta asosiy rang: qizil, 
yashil va ko‘k ranglarni qo‘shish orqali yaratiladi.
Asosiy ranglarning har biri uchun bir bayt ajratiladi. Bu uchta 
baytda xil rangni saqlash mumkin. Ranglarning tartib nomerini 16lik 
sanoq sistemasida yozish qulay. Bu sanoq sistemasida uch baytga 6 
xonali son mos keladi. Ulardan eng kichik ikkita xona qizil, o‘rtadagi 
ikki xona yashil, va eng katta ikki xona ko‘k rangga mos keladi: 
$BBGGRR (bu yerda BB ko‘k rangga, GG yashil, RR qizil rangga mos 
raqamlar.
Masalan, ko‘k rang $FF0000, yashil $00FF00, qizil $0000FF, sariq 
$00FFFF, pushti rang $FF00FF o‘n oltilik son bilan ifodalanadi. Agar 
o‘n oltilik sanoq sistemasida ishlash noqulay bo‘lsa, u holda RGB(RR, 
GG, BB) standart funksiyadan foydalanish mumkin.
Bu funksiyaning uchta argumenti bo‘lib, ulardan birinchisi qizil, 
ikkinchisi yashil, uchinchisi ko‘k ranglarga mos keladi. Bu 


194 
argumentlarning qiymatlari 0 dan 255 gacha bo‘lishi mumkin. Masalan, 
RGB(0, 0, 0) qora rangni, RGB(255, 255, 255) oq rangni, RGB(0, 255, 
255) havo rangni, RGB(127, 0, 0) to‘q qizil rangni, RGB(0, 127, 0) to‘q 
yashil rangni, RGB(200, 200, 0) to‘q sariq rangni beradi.
Brush (cho‘tka)ning rangi ham shu tarzda aniqlanadi. Uning stilini 
quyidagi o‘zgarmaslar orqali o‘zgartirish mumkin:
1.bsSolid – sidirg‘a (bir tekis). 
2.bsClear – ko‘rinmas. 
3.bsBDiagonal – yon diagonal bo‘ylab. 
4.bsFDiagonal – asosiy diagonal bo‘ylab. 
5.bsCross – panjarasimon. 
6.bsDiagCross – diagonal bo‘ylab panjara. 
7.bsHorizontal – gorizontal. 
8.bsVertical – vertikal. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin