Prosessor Pentium 4 va undan yangilari.
OXS 256 МБ yoki undan yuqori.
Ekran sig’imi 1024x768 piksel va undan yuqori.
Ranglar sifati 16 bit yoki undan yuqori.
Xotirada o‘rnatish uchun bo‘sh joy sig’imi 100 МБ.
Sichqoncha.
DirectX 7 va undan yangilari.
Internet Explorer 4.0 va undan yangilari.
Adobe Flash Player 8 va undan yangilari.
Adobe Reader 8 va undan yangilari.
Istalgan fayl yoki fayllar to‘plamini bitta muhitga birlashtirish,
qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorun-menyusini hosil
qilishda Autoplay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi.
218
Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish
uchun Autoplay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar
uchun juda oson va qulay interfeysni taqdim etadi.
Autoplay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari
talab qilinmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni
tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan
foydalanishi mumkin. Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy
holatga tashkil etish uchun Autoplay dasturiy vositasi tarkibida tayyor
ob’yektlar mavjud bo‘lib, ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush
kuchay-tirgichi, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlovchi
vosita, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib
beruvchi qator funksional ob’yektlarni kiritish mumkin.
Amaliy dasturlarga oid grafik qobiqlarni yaratish va uni avto-
matik ishga tushirish uchun Autoplay Media Studio barcha kerakli
fayllarni o‘zi yaratadi. Foydalanuvchilar zimmasiga esa faqat qattiq
disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor loyihalarni shakllan-
tirish vazifasi qoladi. 2008-yilning 12-martida Indigo Rose Corpora-
tion kompaniyasi Autoplay Media Studio 7.1.1007.0 versiyasini
iste’molga chiqardi .
Dastur foydalanuvchilarga ob’yektlarni o‘zaro bog‘lashni amalga
oshirishga yordam beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi.
Autoplay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic, Visual C++,
Java, Macromedia Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham
bemalol qayta ishlash mumkin.
Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar
daraxtini, ma’lumotlar bazasini va shunga o‘xshash ob’yektlarni nafaqat
tez yaratish, balki ularni boshqarish ham mumkin. Avtomatik ishga
tushuvchi oynalarni o‘zining kutubxonasidagi “niqob”lardan foydalan-
gan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday
“niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan
foydalanilsa ham bo‘ladi.
Qolaversa, ma’lumotlarni CD uchun tayyorlagan holda uni
dasturning o‘zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi Autoplay
Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini
219
ko‘rsatadi. Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o‘zi
ochiluvchi arxiv ko‘rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada
shakllantirilishi mumkin.
Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati
ham kiritilgan. Dasturning bu xossasi uning “Label”, “Paragraph” va
“Button” kabi ob’yektlari bilan birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga
to‘liq versiya bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, matnni orfografik tekshirish
uchun uning kutubxonasida juda katta hajmdagi lug‘atlar bo‘lishi
mumkin.
Shunday qilib, AutoPlay Media Studio 7.0 ning yangi versiyasi
quyidagi imkoniyatlarga ega holda iste’molga chiqarilgan :
1. Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimot-
lar, multimedia-ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta’minotlarni
yaratish;
2. Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya,
matn va boshqalarni biriktira olish xususiyati;
3. Web-ilovalarni yaratishga mo‘ljallangan mukammallashgan
instrumentlar;
4. XML, SQL va shifrlash mexanizmalari bilan ishlay olishi;
5. RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi;
6. Slide-show bilan ishlash imkoniyati;
7. Matn rangini o‘zgartirish uchun “RadioButton” ob’yektining
mavjudligi;
8. Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi;
9. Ob’yektlarni formatlash imkoniyati;
10. Kalit so‘zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi;
11. CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va h.k.
AutoPlay Media Studio ishga tushirilgach, avvalo loyiha bilan
bog‘liq bir nechta buyruqlarni o‘z ichiga oluvchi muloqot oynasi
yuzaga keladi (33-rasm):
|