O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   173
Excelning asosiy elementlari 
Microsoft Excel dagi barcha malumotlar jadval ko‘rinishida namoyon 
bo‘lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma’lum qismiga 
boshlang'ich va birlamchi malumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har 
xil arifmetik amallar va boshlang'ich malumotlar ustida bajariladigan 
turli amallar natijalaridan iborat bo‘lgan axborotlardir. 
Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma'lumotlarni kiritish mumkin: 

matnli; 

sonli ifodalar; 

formulalar. 
Matnli ma'lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni o‘z ichiga oladi. Sonli 
ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir. Formulalar - kiritilgan 
sonli qiymatlar bo‘yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir. Formula-
lar har doim «=» belgisini qo‘yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga 
kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu 
yacheykada hosil bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan 
yoki belgilardan biri o‘zgartirilsa, Excel avtomatik ravishda yangi 
ma'lumotlar bo‘yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil 
qilib beradi. Excelning asosiy ishlov berish ob'yekti hujjatlar 
(dokumentlar) hisoblanadi. Excel hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va 
.xls kengaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. Excelda bunday fayllar 
«Ishchi kitob» deb ataladi. Bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron 


32 
jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» 
deb ataladi. Bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni xosil 
qilish uchun Microsoft Excel dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi 
kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya'ni elektron jadval 
hisoblanadi. Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va 
diapazonlardir. 
Yacheyka - bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir qator va bir 
ustun kesishmasi oralig'ida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida 
hosil bo‘lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqla-
nadi. Masalan, A - ustun, 4 - qator kesishmasida joylashgan yacheyka -A4 deb nom 
oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylash-
tirish mumkin. Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb 
ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalar-ning 
chap yuqori va ung quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan 
ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin