Memo1.Lines.add('Echim='+S); Memo maydonini tozalash esa natijani chiqarishdan oldin modulda
Memo1.Clear; buyrug‘ini berish bilan amalga oshiriladi.
Button tugmachasi. Button tugmachasi bosilishi natijasida kutilishi
lozim bo‘lgan jarayonlar (masalan, hisoblashlar yoki bajarilishi lozim
bo‘lgan operatsiyalar) bajarilishga tushiriladi.
Button tugmachasini ekranga joylash uchun Delphining
Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan “
Ok” piktogrammasi belgilanib forma
ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda tugmacha
qo‘yilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada
Button1 tugmachasi
hosil qilinadi. Tugmacha nomini o‘zgartirish
Caption xosasiga kirilib
o‘zgartiriladi.
Dasturdagi
hisoblash
jarayonlari,
kiritish
va
chiqarish
operatsiyalari hosil qilingan tugmachani ikki marta tez-tez bosish bilan
“sobitiyani qiyta ishlash” darchasiga o‘tilib, u yerdan modul ichiga
kerakli operatorlarni yozish bilan amalga oshiriladi.
Delphi loyi h
asi. Delphining ixtiyoriy loihasi kamida oltita fayl yaratadi. Ulardan
uchtasi loiha tomonidan yaratiladi va dasturchilar ularning tarkibini
ko‘pincha o‘zgartirmaydilar. Ular quyidagilar:
Loyihaning bosh fayli, dastlab
PROJECT1.DPR deb nomlanadi.
Dasturning dastlabki moduli
/unit/, u ishning boshida avtomatik
ravishda yaratiladi. Fayl
UNIT1.PAS deb nomlanadi va uning nomini
ixtiyoriy nom bilan almashtirish mumkin. Masalan,
MAIN.PAS .
Bosh forma fayli jimlik qoidasiga binoan
UNIT1.DFM deb
nomlanadi, u bosh formaning tashqi ko‘rinishi haqidagi ma’lumotlarni
saqlaydi.
PROJECT1.RE S fayli avtomatik holda yaratiladi va loiha uchun
belgini saqlaydi.