177
Uskunalar panelining standart jildida
joylashgan boshqarish
tugmasini sichqoncha bilan tanlaymiz, keyin
sichqonchani ilova oynasi
Form1 ning boshqarish tugmasi turishi kerak bo‘lgan joyiga olib kelib
yana bir marta bosamiz. Agar uning joyini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, uni
sichqoncha bilan surib boshqa joyga o‘tkazamiz.
2. Boshqarish tugmasining xossalarini o‘rnatish.
Ilova
oynasi-
ning xossalari bo‘lgani kabi unga joylangan boshqarish tugmasining
ham o‘z xossalari bor. Ularni ham o‘zgartirish mumkin.
Bu ikki
ob’yektning ko‘pgina xossalari bir xil vazifani bajarishi bu ishni ancha
osonlashtiradi.
Dastlab boshqarish tugmasi: Button1ni uning ustida sichqoncha-
ning chap tugmasini keltirib tanlab olamiz. Ob’yektlar
dispetcheri
(Object TreeView) da Button1
ajralib
turadi
va
Ob’yekt
inspektori
(Object
Inspector)
oynasida Button1 ob’yektining
xossalari ro‘yxati paydo bo‘ladi.
Unda dastlab Caption xossasida
tugmaning sarlavhasini ‘++’ ga
o‘zgartiramiz. Bu oldingi darsda qabul qilingan kelishuvga ko‘ra
quyidagicha yoziladi: Button1.Caption:=’++’
Tugma sarlavhasi ancha kichik bo‘lgani
uchun uni kattalash-
tiramiz.
Buning
uchun
Font
xossasidan
foydalanamiz.
Uni
tanlaganimizda ekranda Шрифт muloqat oynasi paydo bo‘ladi. Uning
Размер maydonchasi ostidagi ro‘yxatdan 14
ni tanlab, OK tugmasini
bosamiz.
Dostları ilə paylaş: