O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Label boshqarish ob’yekti va uning xossalari



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   173
1. Label boshqarish ob’yekti va uning xossalari. 
Har qanday 
ilova qandaydir ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun ilova oynasiga yoki 
boshqa usulda chiqarib berishi kerak. Buning uchun bir qator boshqarish 
ob’yektlari yaratilgan bo‘lib, ulardan eng soddasi Label (nishon, belgi, 
yozuv) ob’yektidir. Bu ob’yekt ob’yektlar panelining standart bo‘limida 
beshinchi bo‘lib joylashgan.
Bu ob’yekt ilova oynasi ob’yekti Formning ajdodi bo‘lgani uchun 
uning ko‘plab xossalarini meros qilib olgan. Masalan, Label 
ob’yektining Width (kenglik), Height (balandlik), Left (chap), Top 
(yuqori)lar mos ravishda ob’yekt egallagan joyning kengligi, balandligi, 
undan oynaning chap va yuqori chegarasigacha bo‘lgan masofalarni 
aniqlaydi.
Label ning asosiy xossasi Caption (Sarlavha) dir. U bu ob’yekt ekranga 
qanday matn satrini chiqarishini aniqlaydi.
2.Label boshqarish ob’yekti xossalarini dasturda o‘zgartirish. 
Labelob’yektining ham boshqa ob’yektlar kabi o‘z nomi bo‘lib, u Name 
nomli xossasida saqlanadi. Bu xossadan ob’yektga va uning xossalariga 
murojaat qilganda foydalaniladi. Shu sababli, uni ilova ishlayotganida 
o‘zgartirish muammolar paydo qilishi mumkin. Ob’yektlarning Name 
xossasi faqat bu ob’yektlar ilova oynasiga qo‘yilayotgan paytda 
o‘zgartiriladi.
Ob’yektlar ilovaga qo‘yilishi bilan (buni yana ob’yektning nusxasi 
yaratilganda ham deyishadi) unga avtomatik tarzda nom beriladi. 


180 
Masalan, Label ob’yektining nusxalariga navbatma-navbat Label1, 
Label2, Label3 nomlar beriladi. Oldingi ilovalardagi Form1, Button1 
nomli ob’yektlarni esga oling.
Ob’yektning Name xossasining qiymati boshqa xossalariga 
murojaat qilish uchun qo‘sh nomlarni yaratishda ishlatiladi:
ob’yekt_nomi.xossa_nomi. Masalan, Form1.Width, Button1.Caption, 
Label1.Left. Bu borada muammolarga uchramaslik uchun hozircha faqat 
avtomatik berilgan nomlardan foydalanib turamiz.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin