O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Boshqarish tugmasiga hodisalarni bog‘lash



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   173
3. Boshqarish tugmasiga hodisalarni bog‘lash. 
Button1 tugmasi 
ilovada biron bir vazifani bajarishi kerak. Uni bosganimizda ilova o‘z 
oynasining o‘lchamlarini 16 va 9 ga kattalashtirsin.
Bajarish. 
Topshiriqni bajarish bu tugmani ikki marta bosishdan 
boshlanadi. Natijada ekranda dastur kodi oynasi paydo bo‘ladi. uning 
kursor turgan joyiga
Form1.Width:=Form1.Width+16;


178 
Form1.Height:=Form1.Height+9; satrlarni kiritamiz. F9 tugmasini 
bosib, ilovani ishga tushiramiz va uning to‘g‘ri ishlashini tekshirib 
ko‘ramiz. 
ShowMessage protsedurasi. 
Buning oldini olish uchun ilova o‘z 
oynasi eni 600 dan oshib ketganligi haqida ekranga alohida oynada 
xabar chiqarsin. Bu ishni ShowMessage orqali amalga oshiramiz. 
Ikkinchi ilovadagi Button1 tugmasini ikki marta 
bosib, paydo bo‘lgan protseduradagi avvalgi ikki 
operatorni quyidagicha qayta yozib chiqamiz:
If Form1.Width<600 then begin
Form1.Width:=Form1.Width+16;
Form1.Height:=Form1.Height+9; End else
ShowMessage(‘Oyna boshqa kengaymaydi’);
Ilovani ishga tushirib, uning tugmasini bir necha marta bossak,
ekranga quyidagi yozuv chiqadi. Undagi OK tugmasini chertmagu- 
nimizcha, ilova o‘z ishini to‘xtatib turadi.
3. IntToStr funksiyasi. 
Ilovaning ishini yanada yaxshilaymiz. 
Ilova o‘z oynasining o‘lchamlarini o‘zgartirganda ular qanday bo‘lgani 
bizga mavhumligicha qolmoqda. Uni ilova oynasiga chiqarishning iloji 
bormi? Hozircha biz buning bitta yo‘lini bilamiz: oyna o‘lchamlarini 
oyna sarlavhasiga chiqarish. Buning uchun
Form1.Caption:=Form1.Height+’*’+Form1.Wide;
operatoridan foydalanamiz. Lekin bu operatordan foydalanib bo‘lmaydi, 
chunki unda bir turdagi o‘zgaruvchiga ikkinchi turdagi o‘zgaruvchini 
kiritishga urinish bo‘layapti. Delphida bu xatoga olib keladi. 
Butun son turidagi kattalikni matn satri turidagi kattalikka 
o‘tkazish uchun IntToStr (integer to string – butundan satrga olingan) 
funksiyasidan foydalanamiz:
Form1.Caption:=’(‘+IntToStr(Form1.Height)+’*’+In 
tToStr(Form1.Wide)+’)’;
Unga ilovaning haqiqiy nomini ham qo‘shib qo‘yamiz:
Form1.Caption:=’Uchinchi ilova’+ Form1.Caption;
Button1 tugmasini ikki marta bosib, dastur kodi oynasini chaqiramiz va 
oxirgi ikki satrni unga qo‘shib qo‘yamiz:


179 
If Form1.Width<600 then begin
Form1.Width:=Form1.Width+16;
Form1.Height:=Form1.Height+9; End else
ShowMessage(‘Oyna boshqa kengaymaydi’);
Form1.Caption:=’(‘+IntToStr(Form1.Height)+’*’+IntTo 
Str(Form1.Width)+’)’;
Form1.Caption:=’Uchinchi ilova ’+ Form1.Caption;

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin