O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   173
3. Oyna o‘lchamlari ilovasi. 
Oldingi mashg‘ulotdagi ilovani 
qaytadanyaratamiz. Ilova oynasi o‘lchamlarini kattalashtirish va 
kichiklashtirish uchun ikkita tugmadan, oyna o‘lchamlarini ko‘rsatish 
ikkita Label dan foydalanamiz.
Dastlab ilova oynasining xossalarini o‘rnatamiz (39-dars):
Form1.Caption:=’To‘’rtinchi ilova’;
Form1.Height:=225; Form1.Width:=400;
Form1.Left:=200; Form1.Top:=100;
Yuqoridagi to‘rtta ob’yektni ilova oynasiga joylaymiz va ularning 
xossalarini o‘rnatamiz:
Button1.Caption:=’++’;
Button2.Caption:=’--’;
Label1.Caption:=’Oynaning bo‘’yi: ’;
Label2.Caption:=’Oynaning eni: ’; 
Ilova oynasida Button1ni ikki marta bosib, ekranda paydo bo‘lgan dastur 
kodi oynasining kursor turgan joyiga quyidagi operatorlarni kiritamiz:
Form1.Width:=Form1.Width+16;
Form1.Height:=Form1.Height+9;
Label1.Caption:=’Oynaning_bo‘’yi:’+IntToStr(Form1.Height);
Label2.Caption:=’Oynaning_eni:’+IntToStr(Form1.Width);
Ilova oynasida Button1 ni ikki marta bosib, ekranda paydo bo‘lgan 
dastur kodi oynasining kursor turgan joyiga quyidagi operatorlarni 
kiritamiz:
Form1.Width:=Form1.Width+16;
Form1.Height:=Form1.Height+9;
Label1.Caption:=’Oynaning_bo‘’yi:’+inttostr(Form1.Height);


181 
Label2.Caption:=’Oynaning_eni:’+inttostr(Form1.Width);
Ilovani ishga tushiramiz va uning ishlashini kuzatamiz: 
1.Ilovaga matn satrini kiritish. Edit boshqarish ob’yekti va 
uning xossalari. 
Har qanday ilova ma’lumotlarni chiqarishi bilan birga 
unga ma’lumotlarni kiritish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Delphi 
muhitida buning eng sodda usuli ilova oynasiga Edit (Kiritish 
maydonchasi) boshqarish ob’yektini kiritishdir. Bu ob’yekt boshqarish 
ob’yektlarining standart panelida oltinchi bo‘lib joylashgan va uning 
yorlig‘i .
Bu ob’yektning ko‘plab xossalari ilova oynasi ob’yekti Form niki 
kabi. Unda ham Left, Top, Width, Height xossalari bor. Unda Caption 
xossasi yo‘q. Shuning uchun u odatda Label ob’yekti bilan birga 
ishlatiladi. Uning asosiy xossasi Text (Matn) bo‘lib, unga kiritilgan matn 
satri shu xossada saqlanadi. Agar bu xossaga biron bir matn satri 
qiymatini bersak, bu satr uning kiritish maydonchasida aks etadi.
Kiritish maydonchasi ob’yektining yana bir muhim xossasi 
ReadOnly (faqat o‘qish uchun) deb ataladi. Bu xossaning qiymati 
mantiqiy kattalik bo‘lib, faqat True (rost) yoki False (yolg‘on)ni qabul 
qiladi. Dastlab bu xossa qiymati False (yolg‘on) deb o‘rnatilgan. Shu 
sababli unga ma’lumotlarni kiritish mumkin. 
Agar bu xossa qiymati True (rost) ga o‘zgartirilsa, u holda unga 
foydalanuvchi tomonidan ma’lumot kiritib bo‘lmaydi. Lekin ilova 
undagi ma’lumotlarni o‘zgartira oladi. Bu nimaga kerak, degan savol 
tabiiy. Edit ob’yekti Labeldan farqli ravishda ramkaga olingan va unga 
kiritilgan ma’lumot chiroyliroq ko‘rinadi. Agar biz undan ma’lumot 
chiqarish uchun foydalanmoqchi bo‘lsak, bu ma’lumot foydalanuvchi 
tomonidan o‘zgartirmasligini ta’minlashimiz kerak bo‘ladi.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin