176
sa, o‘ng tomondagi vertikal surgichni
sichqoncha bilan surib, uni
ekranga chiqarish mumkin.
Ilova oynasining kengligini Width xossasiga 400 ni kiritib
o‘zgartiramiz. Buning uchun Width xossasini sichqoncha bilan tanlab,
400 sonini kiritamiz. Shunga o‘xshash, ilova oynasi balandligini Height
xossasi yordamida 300 ga teng qilib olamiz.
Bu amallarni qisqacha
quyidagi ko‘rinishda tasvirlaymiz va undan keyinchalik keng
foydalanamiz:
Form1.Width:=400;
Form1.Height:=300;
Ilova oynasining sarlavhasi-ni oldindan berilgan Form1 dan Mening
birinchi ilovam-ga o‘zgartirish uchun
Form1.Caption:= ‘Mening birinchi ilovam’;
ni bajaramiz.
Form1.Color:= ‘ClAqua’ yordamida ilova
oynasi fonini havorangga
o‘zgartiramiz.
Form1.Left:=100 va Form1.Top:=50 xossalari yordamida ilova
oynasining chap tomonidan va tepasidan qoladigan joyni 100 va 50 ga
teng qilib o‘rnatamiz
Bajarilgan o‘zgartirishlarni ko‘rish uchun ilovani ishga tushiramiz.
Buning uch xil usuli bor.
1. Asosiy menyuning Run (Ishga tushirish) bo‘limining Run bandini
tanlash.
2.
Jihozlar panelidagi
tugmasini bosish.
3. Klaviaturada F9 tugmasini bosish.
Ilova bilan ishlashni tugatish uchun uning o‘ng yuqori burchagidagi
tugmani bosamiz.
Dostları ilə paylaş: