207
masofaviy o‘qitishda keng ko‘lamdagi elektron o‘qitish tizimlari
mavjud bo‘lib, ularga misol sifatida VLE (o‘qitishning virtual
vositalari-Virtual Learing Environment), V2K-
Bridge to Knowledge,
WebCT, Learning Space, OpenClass, KADIS va Prometey tizimlari va
boshqa shu kabi o‘quv jarayonining asosiy
vazifalarini avtomatlashtiruvchi tizimlarni keltirish mumkin.
Zamonaviy adabiyotlar va ta’lim tizimidagi mavjud me’yoriy
xujjatlarga asoslanib, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan EO‘N larni
qo‘llanilish maqsadiga ko‘ra quyidagi belgilariga asoslanib guruhlarga
ajratish mumkin: tuzilishiga ko‘ra, funksional vazifasiga ko‘ra, matnni
tashkil qilishiga ko‘ra, ma’lumotni tasvirlash xarakteriga ko‘ra,
ma’lumotni ifodalash shakliga ko‘ra, maqsadga yo‘naltiril-ganligiga ko‘ra,
tarqatilish texnologiyasiga ko‘ra, foydalanuvchi va elektron vosita
orasidagi bog‘liqlik xarakteriga ko‘ra va hokazo. EO‘N lar
moslashuvchanligini oshirishda uning ko‘p darajaliligi ham yuqori
samara beradi. Ko‘p darajali EO‘N lar o‘quv materialini ko‘rib
chiqishning bir nechta yo‘llarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi, ya’ni turli
qiyinlik darajalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Bunda har bir daraja
modullarga
ajratilib, har bir moduldagi yangi ma’lumot oldingi
ma’lumotlar bilan nazariy bog‘langan bo‘lishi lozim. EO‘N ning har
bir moduli test topshirig‘i ko‘rinishidagi nazorat savollarini echish
bilan tugallanishi mumkin. Bu tuzilishni
biz quyidagicha tasvirlaymiz:
Shu o‘rinda biz uch darajadagi moslashuvchanlik xususiyatiga
ega bo‘lgan EO‘N larni yaratishni keltirib o‘tmoqchimiz.
Birinchi darajada o‘quv materiali bo‘limlari oddiy HTML tilida,
oq-qora rangda ikki o‘lchamli
tasvirlardan iborat, oddiy chizmalardan
foydalanilgan holda tasvirlanishi mumkin.
Ikkinchi darajada o‘quv materiali bo‘limlari HTML, Java, JavaScript
ilovalari, 2-D, 3-D va rangli tasvirlar, bo‘limlarning bir-biri bilan
o‘zaro bog‘liklik holida keltirilishi mumkin.
Uchinchi darajada o‘quv materiali har bir bo‘limda HTML, Java,
JavaScript ilovalari, 2-D, 3-D va rangli tasvirlar va matnlardan
tashqari, ovozli, video, namoyishli tarzda va albatta testlash dasturi bilan
birga keltiriladi.
208
Yuqorida sanab o‘tilgan uch xil darajali EO‘N
larni yaratish
o‘quvchi bilim salohiyatini oshishi, masofaviy o‘qitishda bilimni
o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va darslikning o‘quvchiga bo‘lgan
moslashuvchanlik darajasini yuqoriga ko‘tarilishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: