203
Vizuallashtirish
– rasm, grafik va animatsiyalar vositasida
ko‘rgazmali tarzda taqdim etish.
Вarcha murakkab tizimlarni yaratishdagi kabi elektron o‘quv
qo‘llanmalarni tayyorlashda ham ishning
muvafaqqiyati muallifning
qobiliyatiga bog’liq. Shunga qaramay, elektron o‘quv qo‘llanma
tayyorlash uchun o‘quv qo‘llanma asosini
tashkil etuvchi elementlar
mavjud. Ular quyidagilar:
Тest.
Тashqi ko‘rinishidan bu elektron o‘quv qo‘llanmaning oddiy
shakli. Asosiy qiyinchilikni savollarni tanlash va aniq ifodalash,
shuningdek savollarga javoblarni izohlash tashkil etadi.
Yaxshi test
ma’lum fan sohasi bo‘yicha o‘quvchilardagi bilim, mahorat va
ko‘nikmalar haqida ob’ektiv xulosa qilish imkonini beradi. Вu esa bilim
cho‘qqilariga erishish uchun optimal yo‘lni tanlash imkonini beradi.
Ensiklopediya.
Вu elektron o‘quv qo‘llanmaning asosiy shakli.
Мa’no jihatidan ensiklopediya atamasi elektron o‘quv qo‘llanmada
to‘plangan ma’lumot to‘liq va ta’lim standartlariga nisbatdan ortig’i
bilan bo‘lishi kerakligini bildiradi. Chunki u barcha foydalanauvchilarni
qanoatlantirishi kerak.
Мasalalar to‘plami.
Вu elektron o‘quv qo‘llanmaning
muhim
shakllaridan biri. Elektron o‘quv qo‘llanmada masalalar to‘plami
o‘qitish vazifasini hammadan ko‘ra ko‘proq amalga oshiradi. Elektron
masalalar to‘plamida yordam tizimi mukammal bo‘lishi kerak.
O‘quvchilar muayyan masalani yechish uchun kerakli o‘quv-ta’limga
oid ma’lumot oladilar. Asosiy muammo butun nazariy ma’lumotlarni
qamrab oluvchi masalani tanlashda bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: