O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173
3.3. Microsoft Excel (Windows) 
 
Microsoft Excel 
(ba'zan 
Microsoft Office Excel 
deb ataladi) -Microsoft 
korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows. Windows NT va Mac OS. 
shuningdek Android, iOS.Windows Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan 
ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar 
imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008 ning 
dasturlash tili VBA 
(Visual Basic for Application). 
Microsoft Excel Microsoft 
Officening tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng mashxur 
ilovalar qatoriga kiradi. 
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor 
hisoblash va iqtisodiy masalalarni yechishda, jumladan, berilganlarni tez 
o‘zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, 
masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko‘lamli masalalarni yechishda 


26 
qo‘llaniladigan o‘ta quvvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron 
jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili Visicals (Visiblencalculators - ko‘rinib 
turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan. Bu dastur 
Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko‘p jihatdan uning bozorda 
ommabopligi aniqlandi. 1981 yil IBM PS kompyuteri paydo bo‘lishi bilan bu 
turdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. 
Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko‘rinishlari paydo bo‘ldi, shu bilan 
birgalikda Microsoft- Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo 
bo‘ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. 
Hisoblashlar natijalarini ko‘rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan 
grafik rejimlarining paydo bo‘lishi, bu elektron jadval rivojianishining 
navbatdagi qadami bo‘ldi. 1983-yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, 
kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. 
Ammo 1997-yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim 
etildi, u hozirgi kunda ham o‘z sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Shubha 
yo‘qki, Excel eng ommabop dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy axborotni 
(matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini 
beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko‘rgazmaliroq 
ko‘rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz WinWord dasturidagi 
tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Dastlab Excelning ommavi 
imkoniyatlarini o‘zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va 
imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom etishi 
mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko‘rish 
mumkin. 
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va 
iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, oldindan tayyor bo‘lgan ma'lu- 
motlarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli hisobotlar bilan 
ishlash kabi keng ko‘llamli masalalarni yechishda qo‘llaniladigan o‘ta qulay 
vosita hisoblanadi. Yuqorida ta'kidlanganidek, 1982-yil Microsoft CP/M 
tizimlarida juda ommabop bo‘lgan ilk jadval protsessori Multiplanni
bozorga 
chiqardi, ammo u MS-DOS tizimlarida Lotus 1-2-3 dasturidan ortda qolardi. 
Excelning ilk versiyasi Mac uchun moljallangan edi va 1985-yil chiqarilgan
Windows uchun versiyasi esa 1987-yil noyabrda ishlab chiqilgan. Lotus 
Windows uchun dasturini moslashtirishga shoshilmadi bu esa 1988-yildan 


27 
Excelning undan o‘tib ketishiga sabab bo‘ldi. Microsoft har bir yangi versiya 
uchun o‘z mavqeyini mustahkamlay boshladi. Windows platformasiga 
mo‘ljallangan hozirgi versiyasi Excel 16, Mac OS X uchun esa Microsoft Excel 
2012 dir. 
Boshida Excel nomi bilan bog'liq muammo paydo bo‘ldi, negaki boshqa 
kompaniya shu nomdagi dasturlar paketi bilan savdo qilardi va Microsoftni 
sudga beradi. Shu sababli bundan buyon Microsoft har qanday hujjatlarda 
dastur nomini Microsoft Excel deb yuritishga majbur bo‘ladi. Keyinchalik 
Microsoft kompaniyasining shu nomdagi dasturlarni sotib olishi natijasida 
muammoga barham berildi. Kompaniya dasturning qisqartmasi sifatida XL 
harflaridan foydalanishga qaror qildi va bu hozirgacha davom etmoqda, Excel 
faylarini kengaytmasi esa — .xls. Birinchi jadval muharrirlari bilan
taq qoslaganda Excel foydalanuvchiga keng imkoniyatlarni taqdim etadi. 
Excel foydalanuvchiga ekraning o‘zida jadvalning ko‘rinishini, shriftlar, belgilar 
va
kataktashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkonini bergan ilk jadval muharriridir.
Yana u kataklarning aqlli hisobini chiqarib beradigan dastur edi. 
1993-yilda ilk marotaba Microsoft Officega birlashtirilish munosabati 
bilan Microsoft Word va Microsoft PowerPoint Excelga monand grafik 
interfeysga ega bo‘lishdi. 
1993-yildan boshlab Excel tarkibiga Visula Basicga asoslangan Excel 
masalalarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturlar uchun Visual Basic 
dasturlash tili kiritiladi. 
VBA foydalanuvchi bilan aloqa qilish formalarini yaratishga imkon 
beradi. Bu til DLL (ing. Dynamic Link Library - dinamik kutubxona)ni qo‘llashi 
(yaratishi emas) mumkin. 
VBA ning funksionalligi Excelni makroviruslar uchun oson nishonga 
aylantirdi. Bu antivirus mahsulotlari ularni topishni o‘rganmagunlarigacha katta 
muammo bo‘lib qoldi. Shu sababli Microsoft quyidagi himoya turlarini 
tanlash imkonini o‘z dasturiga qo‘shdi: 

makroslarni to‘liq o‘chirish 

hujjat ochilishi bilan makroslami yoqish 

sertifikataa ega makroslarga ishonish. 


28 
Excelning 5.0 dan 9.0 gacha versiyalari o‘zida turli "yashirin sir'larni saqlaydi, 
ammo 10-chi versiyadan so‘ng Microsoft ularni yo‘q qilish chora-tadbirlarini 
qo‘llay boshladi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin