O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   173
Nazorat uchun savollar 
1.
Nashriyot tizimida qanday dasturlardan foydalaniladi? 
2.
Kichik nashriyot deganda nimani tushunasiz? 
3.
MS Publisher dasturi va uning imkoniyatlari to‘g’risida ma’lumot 
bering? 
4.
Microsoft Office Publisher dasturi qanday ishga tushuriladi? 
5.
Microsoft Office Publisher dasturining muloqot oynasi qanday? 
6.
MS Publisher dasturida qanday ishlar amalga oshiriladi? 
7.
MS Publisher dasturining menular satri va uning vazifalarini 
tushuntiring? 
8.
Буклет
va 
Календарь
yaratish tartibini tushuntiring? 
9.
Page Maker dasturi va uning imkoniyatlari to‘g’risida ma’lumot 
bering? 
10.
Page Maker Publisher dasturi qanday ishga tushuriladi? 
11.
Page Maker dasturining muloqot oynasi qanday? 
12.
Page Maker dasturida qanday ishlar amalga oshiriladi? 
13.
Page Maker dasturining menular satri va uning vazifalarini 
tushuntiring? 
14.
Page Maker dasturida qanday asboblar palitrasi ishlatiladi? 
 


87 
7§.
Matematik masalalarni yechishga mo‘ljallangan amaliy dasturlar 
ularning imkoniyatlari
7.1. Matematik amaliy dasturlar tasnifi va ularning imkoniyatlari

Ma’lumki, matematika fani tabiat va jamiyatda kechayotgan 
jarayonlarni o`rganish va tahlil etishda asosiy vositalardan biri sifatida 
e’tirof etiladi. Ushbu vositalarning imkoniyatlaridan samarali va tez 
suratlar bilan foydalanishni kompyuter texnologiyalari yutuqlarisiz 
tasavvur etib bo`lmaydi. Masalan, ko`p holatlarda vujudga keladigan 
matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun 
professional matematikdan o`z kasbi bilan bir vaqtda ma’lum bir 
algoritmik tilni bilishi talab qilinar edi. Lekin muammo shundaki, 
matematiklar ichida dasturlash muhitlarining imkoniyatlaridan yaxshi 
voqif bo`lmaganlari ham yo`q emas. Ushbu muammolarni bartaraf etish 
uchun XX asrning 90-yillari boshiga kelib matematiklar uchun ancha 
qulayliklarga ega bo`lgan matematik sistemalar yaratila boshladi.
Professional matematik paketlar deganda, odatda hozirgi zamon 
kompyuterlarida qullanilayotgan Mathematica, Maple, Matlab, Derive, 
Mathcad kabi tizimlar va qiymatlarni statistik tahlil qilishga 
mo`ljallangan SSPS, Statistica, Statgraphics, Stadia va shunga o`xshash 
tizimlar oilalari nazarda tutiladi. Bu paketlar yordamida turli sonli va 
analitik (simvolli) matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan 
tortib, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish, optimallash 
masalalarini hal etish, statistik gipotezalarni tekshirish hamda matematik 
modellarni yaratishga qadar turli zarur texnik hisoblashlarni amalga 
oshirish mumkin.
Ularning barcha takomillashgan ilmiy grafika vositalariga, qulay 
yordamchi axborot tizimiga va hisobotlarnirasmiylashtirish vositalariga 
ega. «Professional paket» atamasi «o`quv paketi» atamasiga muqobil 
ravishda tanlangan.
Hozirgi davrda bu paketlardan nafakat oliy malakali mutaxassislar, 
professional o`qituvchilar, balki oliy maktab talabalari, xattoki, litseylar, 
kasb-hunar kollejlari va maktablar o`quvchilari ham foydalanayotgan-
ligini kuzatish mumkin.


88 
Professional matematik paketlardan foydalanishning ommalashi-
shiga asosiy ob’ektiv sabablar quyidagilar:
- kompyuterlar odatdagi uy jixozlari qatoridan o`rin olib bormoqda;
- kompyuterdasturlari interfeysini tashkil etishda maxsus standartlar 
ishlab chiqilib, ulardan ommaviy ravishda foydalanlmoqda;
- hozirgi zamon talabasi, ilmiy xodimi va mutaxassisi xayotida Internet 
turidan foydalanish kundalik extiyojga aylanmoqda;
- talabalarga bilim berishda professional matematik paketlardan o`quv 
vositasi sifatida foydalanish darajasi oshmoqda;
- fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy tadqiqotlar bilan 
shugullanuvchilar uchun mos universal matematik paketlar yaratilmoqda 
va bu paketlar ilmiy tadqiqot natijalariga ijobiy ta’sir ko`rsatmoqda;
- Professional matematik paketlar bo`yicha maxsus adabiyotlar 
ko`paymoqda.
Ushbu sistemalar quyidagi ko`rsatkichlar bo`yicha doimo raqobat 
qilib keladi:

Nazariy materialni chuqur va har tomonlama o`rganish uchun 
o`quvchiga qulay imkoniyatlar yaratish;

Kuchli analitik va grafik imkoniyatlarga tayangan holda matematik 
muammolarni tez va oson yechishda o`quvchiga samarali yordam 
ko`rsatish;
Nostandart matematik muammolarni hal etish uchun o`zining 
maxsus algoritmik tiliga ega bo`lishi va h.k. Hozirgi kunda ta’lim 
muassalarini 
zamonaviy 
kompyuter 
texnologiyalari 
va 
dastur 
ta’minotlari bilan ta’minlash tez suratlar bilan kechmoqda. Bu holda 
komputerning apparat va dastur ta’minotlarining o`zaro uyg`unligi katta 
ahamiyatga ega. Shu sababli, ta’lim muassasalarida matematika 
o`qitishning zamonaviy usuli sifatida Mathcad imkoniyatlaridan 
foydalanishni qisqacha bayon etamiz. Ushbu imkoniyatlardan to`liq 
voqif qiluvchi saytlardan biri sifatida www.exponenta.ru ni taklif 
etamiz.
Mathcad ning boshqa hisoblash paketlaridan afzalligi shundan 
iboratki, Mathcad o`rta murakkablikdagi masalalarni yechishda maxsus 


89 
kompyuter va matematik tayyorgarlikni talab qilmaydi. Agar Mathcad 
paketida uzoq vaqt ishlanmasada, u bilan ishlash saboqlari unutilib 
ketmaydi va zarur xolatlarda yuzaga kelgan masalalarni yechishga 
darxol kirishib ketiladi. Mathcadning “raqobatchi”larida esa, aniq va 
noaniqlarida uzluksiz shug`ullanishni talab etiladi, aks holda ishlash 
savodini qayta tiklash yetarli darajada qiyinchiliklar tug`diradi.
XX asrning oxirlarida boshlab hozirgi kunga qadar shaxsiy 
kompyuterlarda juda samarali joriy qilinayotgan kompyuter algebrasi 
tizimlari muayyan tizimlarni tadqiq etish uchun amaliy dasturlar 
yaratishda yangicha texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlarini ochib 
berdi.
Maple tizimining birinchi avlodi 1980 yili Kanadaning Waterloo 
universiteti mutaxassislari Keyt Ged va Gaton Gone tomonidan katta 
EHMlar uchun yaratilgan. 2000 yil dekabr oyining oxirida esa 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin