87
7§.
Matematik masalalarni yechishga mo‘ljallangan amaliy dasturlar
ularning imkoniyatlari
7.1. Matematik amaliy dasturlar tasnifi va ularning imkoniyatlari
.
Ma’lumki, matematika fani tabiat va jamiyatda kechayotgan
jarayonlarni o`rganish va tahlil etishda asosiy vositalardan biri sifatida
e’tirof etiladi. Ushbu vositalarning imkoniyatlaridan samarali va tez
suratlar bilan foydalanishni kompyuter texnologiyalari yutuqlarisiz
tasavvur etib bo`lmaydi. Masalan, ko`p holatlarda
vujudga keladigan
matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish
uchun
professional matematikdan o`z kasbi bilan bir vaqtda ma’lum bir
algoritmik tilni bilishi talab qilinar edi. Lekin muammo shundaki,
matematiklar ichida dasturlash muhitlarining imkoniyatlaridan yaxshi
voqif bo`lmaganlari ham yo`q emas. Ushbu muammolarni bartaraf etish
uchun XX asrning 90-yillari boshiga kelib matematiklar uchun ancha
qulayliklarga ega bo`lgan matematik sistemalar yaratila boshladi.
Professional matematik paketlar deganda,
odatda hozirgi zamon
kompyuterlarida qullanilayotgan Mathematica, Maple, Matlab, Derive,
Mathcad kabi tizimlar va qiymatlarni statistik tahlil qilishga
mo`ljallangan SSPS, Statistica, Statgraphics, Stadia va shunga o`xshash
tizimlar oilalari nazarda tutiladi. Bu paketlar yordamida turli sonli va
analitik (simvolli) matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan
tortib, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish, optimallash
masalalarini hal etish, statistik gipotezalarni tekshirish hamda matematik
modellarni yaratishga qadar turli zarur texnik hisoblashlarni amalga
oshirish mumkin.
Ularning barcha takomillashgan ilmiy grafika vositalariga,
qulay
yordamchi axborot tizimiga va hisobotlarnirasmiylashtirish vositalariga
ega. «Professional paket» atamasi «o`quv paketi» atamasiga muqobil
ravishda tanlangan.
Hozirgi davrda bu paketlardan nafakat oliy malakali mutaxassislar,
professional o`qituvchilar, balki oliy maktab talabalari, xattoki, litseylar,
kasb-hunar kollejlari va maktablar o`quvchilari ham foydalanayotgan-
ligini kuzatish mumkin.
88
Professional matematik paketlardan foydalanishning ommalashi-
shiga asosiy ob’ektiv sabablar quyidagilar:
- kompyuterlar odatdagi uy jixozlari qatoridan o`rin olib bormoqda;
- kompyuterdasturlari interfeysini tashkil
etishda maxsus standartlar
ishlab chiqilib, ulardan ommaviy ravishda foydalanlmoqda;
- hozirgi zamon talabasi, ilmiy xodimi va mutaxassisi xayotida Internet
turidan foydalanish kundalik extiyojga aylanmoqda;
- talabalarga bilim berishda professional matematik paketlardan o`quv
vositasi sifatida foydalanish darajasi oshmoqda;
- fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy tadqiqotlar bilan
shugullanuvchilar uchun mos universal matematik paketlar yaratilmoqda
va bu paketlar ilmiy tadqiqot natijalariga ijobiy ta’sir ko`rsatmoqda;
- Professional matematik paketlar bo`yicha maxsus adabiyotlar
ko`paymoqda.
Ushbu sistemalar quyidagi ko`rsatkichlar bo`yicha doimo raqobat
qilib keladi:
Nazariy materialni chuqur va har tomonlama o`rganish uchun
o`quvchiga qulay imkoniyatlar yaratish;
Kuchli analitik va grafik imkoniyatlarga tayangan holda matematik
muammolarni tez va oson yechishda o`quvchiga samarali yordam
ko`rsatish;
Nostandart matematik muammolarni hal etish uchun o`zining
maxsus algoritmik tiliga ega bo`lishi va h.k. Hozirgi kunda ta’lim
muassalarini
zamonaviy
kompyuter
texnologiyalari
va
dastur
ta’minotlari bilan ta’minlash tez suratlar bilan kechmoqda. Bu holda
komputerning apparat va dastur ta’minotlarining o`zaro uyg`unligi katta
ahamiyatga ega. Shu sababli, ta’lim muassasalarida matematika
o`qitishning zamonaviy usuli sifatida Mathcad imkoniyatlaridan
foydalanishni qisqacha bayon etamiz. Ushbu imkoniyatlardan to`liq
voqif qiluvchi saytlardan biri sifatida www.exponenta.ru
ni taklif
etamiz.
Mathcad ning boshqa hisoblash paketlaridan afzalligi shundan
iboratki, Mathcad o`rta murakkablikdagi masalalarni yechishda maxsus
89
kompyuter va matematik tayyorgarlikni talab qilmaydi. Agar Mathcad
paketida uzoq vaqt ishlanmasada, u bilan ishlash saboqlari unutilib
ketmaydi va zarur xolatlarda yuzaga kelgan
masalalarni yechishga
darxol kirishib ketiladi. Mathcadning “raqobatchi”larida esa, aniq va
noaniqlarida uzluksiz shug`ullanishni talab etiladi, aks holda ishlash
savodini qayta tiklash yetarli darajada qiyinchiliklar tug`diradi.
XX asrning oxirlarida boshlab hozirgi kunga qadar shaxsiy
kompyuterlarda juda samarali joriy qilinayotgan kompyuter algebrasi
tizimlari muayyan tizimlarni tadqiq etish
uchun amaliy dasturlar
yaratishda yangicha texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlarini ochib
berdi.
Maple tizimining birinchi avlodi 1980 yili Kanadaning Waterloo
universiteti mutaxassislari Keyt Ged va Gaton Gone tomonidan katta
EHMlar uchun yaratilgan. 2000 yil dekabr oyining oxirida esa
Dostları ilə paylaş: