9
2) Loyihalashni avtomatlashtirish. Chizma, sxema,
diagramma-
larni ishlab chiquvchi konstruktorlar va texnologlarlarning ishlarida
qo‘llaniladi.
3) Umum yo‘naltirilgan. Matn muharrirlari va jadval proses-
sorlari, grafik muharrirlar, ma’lumotlar bazasini
boshqarish tizimlari
kabi kompyuter texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi tizimlar.
2-rasm. ADP yordamida yechiladigan masalalar
4) Ofisli. Ofisning tashkiliy faoliyatini boshqarishni ta’minlay-
di. U o‘zida organayzerlar (yozuv va telefon kitoblari, kalendarlar,
taqdimotlar)ni, tarjimonlarni, matnni anglash
kabi vositalarni mujas-
samlashtiradi.
5) Stol usti nashriyot tizimlari - funksional jihatidan
birmuncha kuchli bo‘lgan matn prosessorlari.
6) Su’niy intellekt tizimlari. U o‘zida tabiiy tilda muloqat
qilishni qo‘llab quvvatlovchilarni; turli xil vaziyatlarda foydalanuv-
chilarga tavsiyalar bera
oladigan ekspert tizimlarini; dasturlash-
tirishsiz amaliy masalalarni yechuvchi intellektual amaliy dasturlar
paketlarini qamrab oladi.
Shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallab chiqarilgan amaliy
dasturlar paketlari uchun quyidagi tasniflarni aytib o‘tish mumkin:
matn muharrirlari, matnli prosessorlar va noshirlik tizimlari;
grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafika vositalari;
katta o‘lchamli elektron
jadvallar, jadval prosessorlari;
telekommunikasion
tizimlarni
boshqarish
amaliy
dasturlar
paketlari;
berilganlar bazasini boshqarish tizimi;
10
ma’lumotli-qidirish tizimlari;
su’niy intellekt tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari;
avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlari;
ma’lumotlarni statistik qayta ishlash paketlari;
matematik dasturlashtirish amaliy dasturlar paketlari;
avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari;
tarkibiga muammoga mo‘ljallangan paketlarning bir nechta turini
oladigan integrallashgan amaliy dasturlar paketi.
Matnli, jadvalli va grafik axborotlarni
avtomatlashtirilgan
holda ishlab chiqishni amaliy dasturlar paketi ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: