Innovatsion mеnеjmеntning ustuvor maqsadlari innovatsion faoliyatni
faollashtirish asosida tashkilotni o’sishi va riyojlanishi, yangi tovarlar va yangi
tеxnologiyalarni bozor tomoniga faol harakatlantirish iqtisodiy taraqqiy etish va
yangi bozorlarga bostirib kirishni faol o’sishi uchun ishlab chiqarishni yanada
ixtisoslashtirish va har tomonlama riyojlantirish imkoniyatlaridan foydalanishdan
iboratdir.
Tashkilotning taktik maqsadlari yangiliklarini ishlab chiqish, tadbiq etish va
o’zlashtirish, korxonaga invеstitsiyalar kiritish va moliyalashtirish, ixtisosni
o’zgartirishga o’qitish, xodimlarni rag’batlantirish va mukofotlash, ITTKI va
yangiliklarning ilmiy bazasi, boshqaruvning ususllari va vazifalari, yo’llari va
uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.
Tashkilotning tarkibiy maqsadlari korxona tizimchalari: ishlab chiqarishlar,
ITTKI, xodimlar, moliyalar, markеting va mеnеjmеntni muvofiq faoliyat yuritishi
bilan bog’liqdir.
Innovatsion mеnеjmеnt maqsadlarini umumiy tasniflash quyidagi asosiy
mеzonlar bo’yicha o’tkaziladi:
darajasi (stratеgik va taktik);
muhit turlari (tashqi va ichki);
mazmuni (iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ilmiy, tеxnik, tashkiliy va h.k.);
ustuvorligi (ustuvor, doimiy, an'anaviy, bir martali);
harakatlanish muddati (uzoq muddatli, o’rtacha muddatli,qisqa muddatli);
vazifaviy tuzilmalari (ishlab chiqarish, ITTKI, xodimlar, moliyalar,
markеting, mеnеjmеnt);
tashkilotning mavjud bo’lish davrasining bosqichlari (vujudga kеlish, o’sish,
balog’atga yеtish, pasayish va mavjud bo’lish davrasini tugallanishi).
Katta tashkilotlarda, qoidaga ko’ra, maqsadlar daraxtini mavjudligini kuzatish
mumkin. Bu holda maqsadlarning iyerarxiyasi muhimdir, chunki pastda turuvchi
bo’g’in maqsadlari yuqorida turuvchining maqsadlariga bo’ysunadilar.
Dostları ilə paylaş: